Belarusda 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Nexta Telegram-kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviç afv etildi, deb yozadi «Belta».

May oyi boşida Minsk sudi Nexta Telegram-kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviç işi böyiça hukm çiqargandi. Protaseviç bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Nexta böyiça sud jarayoni 2023 yil fevral oyida boşlangan. 

Sudlanuvçilar 1500 dan ortiq jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan ommaviy tartibsizliklarni uyuştiriş, Belarusga qarşi sanksiyalar qöllaşga çaqiriş, ekstremistik tuzilmani yaratiş yoki unga rahbarlik qiliş, şuningdek, hokimiyatni egallaşga uringanlikda ayblanmoqda. Protaseviçga esa 11 ta jinoiy modda böyiça ayblov qöyilgan.

Protaseviç 2021 yil 23 may kuni Minskda qölga olingan, öşanda belaruslik dispetçerlar u Afinadan Vilnyusga uçgan Ryanair samolyotini «mina» xabari tufayli aeroportga favqulodda qönişga majbur qilgan. 

Keyinroq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) tomonidan olib borilgan tergov natijalariga köra, bomba haqidagi xabar yolğon ekani va u Belarus hukumatining yuqori martabali amaldorlari körsatmasi bilan ekipajga yetkazilgani aniqlangan.