Investorlar takliflariga binoan, 750 mln AQŞ dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar 2 tranşda – 10 yillik muddat bilan AQŞ dollarida va 3 yillik muddat bilan özbek sömida çiqariladi.
Moliya vazirligi xabariga köra, London fond birjasida joylaştiriş böyiça boşlanğiç stavkalar mos ravişda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida belgilangan.
«London vaqti bilan soat 09:00 da buyurtmalar kitobi oçiq deb e'lon qilindi. Kun davomidagi buyurtmalar kitobining hajmi va investorlarning takliflaridan hamda moliya bozorlaridagi holatdan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasi suveren xalqaro obligatsiyalarining har ikki tranşi böyiça kupon stavkalarini belgilaş jarayoni bugun (19 noyabr kuni) yakunlanişi kutilmoqda», – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, xalqaro obligatsiyalarning milliy valutada çiqarilişi valuta xatarlarini kamaytirişga xizmat qiliş bilan birga kelajakda içki moliya bozoriga, jumladan davlat ğaznaçilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qiliş uçun zamin yaratadi
17-18 noyabr kunlari roud-şou tadbirlari bölib ötgan. Unda AQŞ, Buyuk Britaniya, Daniya, Avstraliya va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90ga yaqin xalqaro investor iştirokida audiokonferensiya (Global Investor Call) ötkazilgan; 15ga yaqin yirik xalqaro investorlar bilan yakkama-yakka formatda virtual uçraşuvlar taşkil etilgan.
Moliya vazirligi yevrobond joylaştiriş şartlari böyiça «Siti», «JP Morgan», «Societe Generale», «VTB Capital» va «Gazprombank» kabi moliyaviy konsultantlar – anderrayterlar bilan hamkorlikda iş olib borgan.
Iyun oyida moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov hukumat milliy valutada 500 million dollar ekvivalentidagi yevroobligatsiyalar çiqarişni rejalaştirayotganini

















