Özbekiston hukumati bu yil 500 million dollar ekvivalentidagi milliy valutada yevroobligatsiyalar çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Bloomberğga bergan intervyusida moliya vazirining örinbosari Odilbek Isoqov ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, koronavirus pandemiyasi tufayli Özbekistonning qarzga ehtiyoji ortadi. Qarzlar bozoriga kiriş töğrisida qaror bozor va yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça budjet taqçilligiga boğliq böladi.
500 million dollarga ekvivalent bölgan yevrobondlar bu yil va kelasi yili ham xuddi şunday hajmda joylaştirilişi mumkin, dedi Isoqov. Bu budjet ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi.
Şuningdek, Isoqovning qöşimça qilişiça, Özbekiston kelgusi yilda qayta tiklanadigan energiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun birinçi islomiy obligatsiyalarni çiqarişi mumkin.
Uning ta'kidlaşiça, 10 yil içida davlat qarzi sömdagi uluşini 11,5 foizdan 50 foizgaça oşiriş «katta narsa, ammo bunga erişiş mumkin».
2019 yilda Özbekiston öz tarixida birinçi marta umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bölgan ikkita yevrobondlar tranşini joylaştirdi. Qarz obligatsiyalarining tölov muddati 2024 va 2029 yil fevral oylariga belgilangan.
Öz navbatida, Moliya vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga aniqlik kiritişiça, bu yerda asosiy urğu içki bozorga qaratilgan.
«2020 yilda 500 mln dollar ekvivalentida - milliy valuta - sömda obligatsiyalar çiqarilişi içki bozorda nazarda tutilgan. 2021 yilda ham şunday. 2030 yilgaça qarz portfelida sömdagi qarz uluşini 50 foizgaça oşiriş nazarda tutilgan. Taşqi bozorda Yevrobond joylaştiriş rejalaştirilmagan», - deyiladi vazirlik izohida.












