Yirik iqtisodiyotlarda davlat obligatsiyalari daromadliligi keskin oşgan. 2025 yil yanvar oyida AQŞning 10 yillik ğaznaçilik obligatsiyalarining daromadliligi 4,7 foizga yetgan bölsa, Britaniya hukumati çiqargan obligatsiyalar daromaddorligi 2008 yildan beri eng yuqori darajaga çiqib, 5 foizga yaqinlaşgan. Yevropa va Yaponiyada ham şunga öxşaş vaziyat kuzatilmoqda.

The Economist'ning yozişiça, bu beqarorlikning asosiy sabablaridan biri – inflatsiya. Narxlarning oşişi obligatsiyalarning barqaror daromadini kamaytiradi, şu sababli sarmoyadorlar öz mablağlarini inflatsiyadan himoya qiliş uçun yuqori daromadlilikni talab qilmoqda. Ayrim mamlakatlarda inflatsiya pasayayotgan bölsa-da, markaziy banklar ehtiyotkorlikni saqlab, foiz stavkalarini yuqori darajada uşlab turibdi. Bu esa bozorlarda qöşimça bosim yaratmoqda.

Sarmoyadorlarning kutilmalari ham bozorga jiddiy ta’sir körsatmoqda. G7 mamlakatlarida budjet taqçilligining oşişi davlat moliyasining barqarorligiga bölgan işonçni zaiflaştirmoqda. Infratuzilma va ijtimoiy dasturlarga sarflanadigan xarajatlar zarur bölsa-da, bu qarz yukini uzoq muddatga oşirişi mumkin. Şuning uçun sarmoyadorlar yuqori risk tufayli daromad ham şunga yaraşa bölişi kerak deb hisoblamoqda.

Bundan taşqari, markaziy banklar yordamining kamayişi bozorni yanada beqarorlaştiryapti. Avvalgi yillarda markaziy banklar obligatsiyalarni sotib olib, bozorni barqarorlaştirgan bölsa, hozirda ular öz aktivlarini qisqartirmoqda. Bu esa narxlarning tuşişiga va daromadlilikning oşişiga olib kelyapti.

Geosiyosiy beqarorlik vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda. Xalqaro muammolar, savdo nizolari va global siyosiy tanglik sarmoyadorlarning ehtiyotkorligini kuçaytiradi. Bu omillar bozorlarda risk mukofotlarini oşirmoqda.

Bu inqirozning oqibatlari keng kölamli. Hukumatlar uçun obligatsiya daromadliligining oşişi qarz olişning qimmatlaşişini anglatadi, bu esa davlat budjetiga qöşimça bosim yaratadi. Iste’molçilar uçun esa davlat qimmatli qoğozlarining yuqori daromadliligi ipoteka va kreditlar böyiça foiz stavkalarining oşişiga sabab bölib, iqtisodiy faoliyatni çeklaydi.

Budjet xarajatlari, geosiyosiy xavflar va markaziy banklarning yordamining kamayişi natijasida inqiroz hali bir muddat davom etişini kutiş mumkin.