O‘zbekiston | 12:30 / 20.11.2020
8887
3 daqiqa o‘qiladi

Beeline Business: yangi korporativ abonentlar uchun har oy 5Gb internet-trafik

Beeline Business yangi aksiya boshlanganligi haqida xabar beradi. Endi yangi abonent 5Gb oylik bonusli internet to‘plamini ikki marotaba qo‘lga kiritadi. Megabaytlar 2020 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 yanvargacha Business Plus, Shifokor va Ustoz tarif rejalariga ulanganlar uchun taqdim etiladi. Ushbu manfaatli taklif bugungi kunda mijozlarning ma'lumot uzatish hajmiga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ayniqsa dolzarbdir. Aksiya faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

Aksiyani joriy etilishini sharhlar ekan, Beeline Uzbekistan tijorat direktori Alisher Xamidov quyidagilarni ta'kidladi:

«Bizning asosiy maqsadimiz korporativ mijozlar uchun xizmatlarimizni yanada qulayroq va ishonchli qilishdir. Biz mahsulotlarimiz va xizmatlarimizning qulayligi va oddiyligi ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz va umid qilamizki, bundan ham ko‘proq mijozlar bizning takliflarimizdan ularga mos keladiganini topishadi. Ma'lumotlarni uzatish xizmatlarining qo‘shimcha hajmini olish orqali abonentlar o‘z biznes jarayonlarini yanada samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar».

Beeline Busines'dan bonusli trafikni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha tarmoqlarda sarflash mumkin. Internet-trafik balansini tekshirish uchun postpaid tizimining abonentlari *110*26# USSD kodini, prepaid to‘lov tizimi abonentlari esa *108# USSD kodini terishlari lozim.

Aksiya shartlari haqida batafsil ma'lumotni beeline.uz/b2b/ru saytidan olishingiz mumkin.


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 10 ta mamlakatda 210 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,7 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid