Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta'minotisiz qoldi
Toshkent shahar Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu sababli qator manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berishi to‘xtatildi.
Issiqlik energiyasi yetkazib berish to‘xtatilgan manzillar:
- Sebzor ko‘chasi;
- G‘afur G‘ulom ko‘chasi;
- O. Bobojonov ko‘chasi;
- Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/5, 2/1 mavzelari;
- Muxbir ko‘chasi;
- Niyozov ko‘chasi;
- A.Hidoyatov ko‘chasi;
- Ts-12, Ts-15, Ts-16, Ts-17 mavzelari.
Ayni paytda issiqlik tarmog‘idagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilayotgani, manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgani aytiladi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
13:24 / 23.03.2026
El-Nino xavfi: yangi issiqlik rekordlari kutilyapti
20:45 / 21.07.2025