— Missiyaga tayyorgarliklar olib borilmoqda va missiyaoldi missiyasi ötkazilgani haqida ma'lumot mavjud. Bu voqealar keng ommaga nimani anglatadi? Özbekistonning yadro infratuzilmasini örganiş böyiça xalqaro agentlik missiyasi - INIR oldi missiyasi özi nima?
Agentlik boşqarma boşliği Şavkat Abdukomilov:

— Özbekiston Respublikasi hududida ilk bor atom elektrostansiyasi qurilişi tufayli, Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) tomonidan yordam körsatiş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Asosiy yordamlardan biri bu – atom energetikasiga ilk bora qadam qöyayotgan mamlakatlarga ularda milliy yadro infratuzilma holatini baholaşda ekspertlik yordamini körsatişdan iborat.
Bu ekspertlik yordami mamlakatning yadroviy infratuzilmasini 19ta turli yönalişlari böyiça baholaşdan iborat. Asosiylarini sanab ötadigan bölsak, milliy pozitsiyasi, yadroviy xavfsizlik böyiça olib borilayotgan işlar, qonunçilikni takomillaştiriş, yadroviy qurolni tarqatmaslik böyiça kafolatlar, kadrlar tayyorlaş masalasi, atom elektr stansiyasini quriş maydonçasini aniqlaşdagi soha, energotizimning tayyorgarligi, sanoatning tayyorgarligi va boşqa masalalar. Mana şu 19ta yönaliş böyiça qandaydir kamçiliklar bölsa, keyinçalik bu katta mablağlarga yoki boşqa salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uçun, qaysi joyda qanday işlar qiliş kerak, qanday tadbirlarni amalga oşiriş kerakligi böyiça özining ekspertlik bahosi va tavsiyalarini berişga möljallangan missiya. Asosiy maqsadi – şu.
Mana şu missiyani ötkaziş uçun MAGATE öz mutaxassislari va xalqaro ekspertlarni jalb etadi. Bu juda ham katta jarayon. Özbekistonga kelib, buni ötkaziş katta tadbir hisoblanadi. Buni ötkazişdan oldin ana şu ekspertlik missiyasini buyurtma qilgan mamlakat özini özi baholaş hisobotini tayyorlab, 19ta yönaliş böyiça har bir vazirlik, idora nima qilgan, şu kungaça qanday normativ hujjatlarga ega, bu yönalişlardagi tizim qanday yölga qöyilgani böyiça özini baholab, taqdim etadi.
— Mana şu INIR oldi missiyasini ötkaziş, taşkil etiş energetiklar, xususan, Özbekistondagi atom mutaxassislari uçun qanday ahamiyatga ega?
Şavkat Abdukomilov:
— Bu juda ham töğri savol. Misol uçun, atom energetikasiga kirib kelayotgan yangi mamlakat özida ilk marta qandaydir işlarni amalga oşirib kelmoqda. Birinçi iş bu – bölajak vendor, texnologiyalarni yetkazib beruvçi mamlakat, taşkilotlar bilan şartnoma şartlarini muzokara qilib oliş, undan taşqari, kelajakda atom elektr stansiyasi bilan boğliq bölgan barça jarayonlarda birinçi örinda xavfsizlikni ta'minlaş, ikkinçisi, zarur bölgan qonunçilikni şunga tayyorlaş işlari. Şuningdek, bölajak atom elektr stansiyasini boşqariş uçun kadrlarni tayyorlaş böyiça işlar davom etmoqda.










