Davlat rahbari taşrifini zamonaviy yöl infratuzilmasini barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişişdan boşladi. Viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yöliga boğlaş maqsadida qariyb 290 milliard söm mablağ hisobidan 700 metrlik yöl ötkazgiç va 4 kilometrlik yangi avtomobil yöli qurildi.

Yangi yöl har kuni 14 mingdan ortiq transport vositasini ötkaziş imkoniyatiga ega. Ilgari aholi şaharga kiriş-çiqiş uçun 25 kilometrlik aylanma yöldan foydalanişga majbur bölgan bölsa, yangi inşoot tufayli bu masofa 4 kilometrgaça qisqardi, eski yöldagi tirbandliklar bartaraf etildi.

Metall konstruksiyalar asosida barpo etilgan ötkazgiçning xizmat muddati 100 yil deb baholanmoqda. Bu an’anaviy temir-beton ötkazgiçlarga nisbatan ikki barobar uzoq muddatdir. Şuningdek, endilikda poyezdlar ötganda avtomobil harakati töxtab qolmaydi, tez tibbiy yordam, öt öçiriş va boşqa maxsus xizmatlar harakati yengillaşadi.

Taşrif doirasida prezidentga Jizzax viloyatida qurilayotgan integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi loyihasi taqdim etildi. Ikkita kam quvvatli va ikkita katta reaktordan iborat AES uçun kotlovan qaziş, quriliş-montaj bazasini tayyorlaş, quriliş materiallarini mahalliylaştiriş hamda soha uçun kadrlar tayyorlaş rejalari haqida axborot berildi.

Şuningdek, AESdan 16 kilometr uzoqlikda 10 ming kişiga möljallangan monoşaharça quriş, unda zarur infratuzilma va ijtimoiy obektlar barpo etiş loyihasi muhokama qilindi.

Prezident Jizzax şahriga kiriş qismini zamonaviy qiyofaga keltiriş, eski uy-joylar örnida qulay turar-joylar barpo etiş, IT-markaz, hunarmandçilik markazi taşkil etiş va gavjum köçalarni tartibga keltiriş böyiça master-reja taqdimoti bilan ham tanişdi.

– Jizzaxga kelişimizdan maqsad – viloyatning yangi ösiş nuqtalarini aniqlaş va röyobga çiqariş. Bugungi Jizzax – keçagi Jizzax emas. Şu imkoniyatlarni aholi farovonligiga xizmat qiladigan aniq loyihalarga aylantirişimiz kerak, – dedi prezident.