Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya 39 nafar fuqarosining vafoti uchun Afg‘onistondan kechirim so‘radi
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison 39 nafar afg‘onistonlik tinch aholi vakili avstraliyalik askarlar tomonidan o‘ldirilgani ma'lum bo‘lgach, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirdi.
Morrison Ashraf G‘ani bilan telefonda suhbatlashib, ba'zi avstraliyalik askarlarning o‘z vazifasini suiiste'mol qilganidan qattiq afsusdaligini ma'lum qilib, bu ish yuzasidan tergovlar adolatli o‘tishiga va'da bergan.
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Meris Peyn ham afg‘onistonlik hamkasbiga uzr xati yozgan. Oldinroq Avstraliya mudofaa vazirligi mamlakat armiyasi maxsus kuchlari tomonidan Afg‘onistonda 39 nafar tinch aholi vakili o‘ldirilgani ma'lum bo‘lgandi.
Hisobotda avstraliyalik askarlar o‘z qilmishlarini yashirish maqsadida jasadlar qo‘liga qurol va bomba tutqizgani aytilgan. To‘rt yillik tergov harakatlari bo‘yicha tayyorlangan va afg‘on fuqarolarining o‘ldirilishini isbotlovchi ishonchli dalillar keltirilgan hisobot Avstraliya Bosh shtabi boshlig‘i general Angus Kempbell tomonidan e'lon qilingan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026