Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiya «Migratsiya markazi» vakolatxonasi ochiladi. U qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi ma'lum bo‘ldi
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Ko‘p funksiyali migratsiya markazi” davlat budjet tashkiloti (“Migratsiya markazi”)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish masalalarini muhokama qilish maqsadida mazkur tashkilot rahbariyati mamlakatga tashrif buyurdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, dastlab tashrif doirasida “Migratsiya markazi” davlat budjet tashkiloti bosh direktori Sergey Baldin va boshqalar Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.
Shu kuni Rossiya tomoni vakillari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati bilan uchrashib, “Migratsiya markazi” davlat budjet tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Markaz vakolatxonasi quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanadi:
Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni ushbu davlatga kirib borishida taqiq bor-yo‘qligini tekshiradi;
patent olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda to‘liq ko‘maklashadi;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatishda operator vazifasini bajaradi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:13 / 19.06.2026