Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda magistral issiqlik tarmog‘ida yana bir nosozlik yuz berdi
Toshkent shahar Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt hokimligi “Toshissiqquvvati”ga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu sababli qator manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ular:
- Qizil Sharq mavzesi;
- Al-Xorazmiy mavzesi;
- Chilonzor-18, 19, 20 mavzelari.
Bunda barcha xonadonlarda issiq suv ta'minoti saqlanib qoladi.
Ayni vaqtda issiqlik ta'minotini tezkorlik bilan tiklash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta'minotisiz qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
20:30 / 09.04.2026