Jizzaxda yo‘l muzlashi oqibatida sodir bo‘lgan YTHlarda ikki kishi vafot etdi
Yo‘llardagi muzlamalar vaqtida Jizzaxda inson o‘limi bilan bog‘liq YTHlar sodir bo‘ldi.
Jizzax viloyatida 18-19 noyabr kunlari yog‘gan qor sabab yo‘l sirpanchiq holatga kelgani sababli ikki yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YHXBB matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, 2020 yil 20 noyabr kuni soat 7:30 larda Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan Qo‘qon–Jizzax avtomobil yo‘lining 286-kilometrida Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan «KamAZ» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida 1966 yilda tug‘ilgan Damas haydovchisi vafot etgan. Haydovchining boshqaruvni yo‘qotishiga 18-19 noyabr kuni yog‘gan qor natijasida yo‘l sirpanchiq holatga kelgani sabab bo‘lgan.
18 noyabr soat 16:30larda Zomin tumanidan o‘tuvchi 4K-241 Zarbdor-Achchi-Qoramozor avtomobil yo‘lining 9-kilometrida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi Bahodir To‘g‘onov boshqaruvidagi Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan 2002 yilda tug‘ilgan Sardor Pardaboyev boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Nexia-2 mashinasida bo‘lgan yo‘lovchi, haydovchining 1968 yilda tug‘ilgan otasi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan. Haydovchining o‘zi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu YTHga ham qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismida sirpanchiq yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:00
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024