«Xalqqa svet-gaz bering!» – ijtimoiy tarmoqlarda azaliy va oğriqli mavzu
|17:01 / 22.11.202040 6839 min
Qiş kelişi bilan aksariyat hududlar aholisining vujudi tom ma'noda titray boşlaydi. Azaliy muammoga aylangan, yillar davomida yeçimi topilmagan, ham eski, ham yangi Özbekistonning «tiş oğriği»ga aylangan svet-gaz muammosi köpçilikni qiynaydi.
Mavzu haqida yuqori doiralarda ham gapirildi. Jumladan, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva yalpi majlis vaqtida ijtimoiy tarmoqda gaz va elektr energiyasi muammosiga e'tibor qaratişni sörab yozilgan izohlarga töxtaldi:
«Mana hozir onlayn berilayotgani uçun minglab foydalanuvçilar gaz va elektr energiyasi muammosini qaçon hal qilasizlar, degan savollar bilan bizga murojaat qilişyapti.
«Elektr yöq, gaz yöq», yozilayotgan qança savol bölsa şularning hammasi bir xil mazmunda. «Sizlar blogerlar va xalqning tanqidlariga ham e'tibor berasizlarmi, xalqni eşitasizlarmi?», deya savol berişyapti.
Albatta kuzatamiz. Şu yerda ötirib ham yuzlab, minglab izohlarni öqib ötiribmiz.
Men sizlarga va'da beraman, bizning tegişli qömitamiz – Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi mana şu masalani maxsus örganib çiqadi», dedi Tanzila Norboyeva.
Ijtimoiy tarmoqlar har doimgidek huşyor: sahifalar zaharxanda postlarga, haqli talablarga, joylardan xabarlar va qiziqarli izohlarga tölib-toşdi. Quyida ularning ayrimlari havola qilinadi.
«Mendirman Öşa»: Özbekiston terma jamoasi jahon çempionatiga çiqmasa ham mayli, öşa futbolçilarga ketgan pulni ham sizlar olinglar, lekin gaz va elektr beringlar!
* * *
Akmal Qurbonov: Yaxşi ham gaz va svet xalqimizga tekinga berilmaydi, bölmasa xalq bu ikkita taşkilot mutasaddilari oldida umuman ilojsiz qolardi.
* * *
Voy alamjon
(Muğanniy şe'riga parodiya)
Yot yurtda gaz lov-lov böldi,
Voy alamjon, jon alam.
Gaz kimga siylov böldi,
Voy alamjon, jon alam.
"Ado buldi ötin ham..."
Nido qildi xotin ham.
Uyim sovuq ğor böldi,
Voy alamjon, jon alam.
Surgani yurt köp edi,
Turgani qunt yöq edi,
Karantin balo böldi,
Voy alamjon, jon alam.
@habikatura
«Iste'molning keskin oşişi tufayli gaz (elektr toki) tanqisligi yuzaga keldi», deb bayonot berayotgan mutasaddilar!
Sizlarga muhim xabarim bor: har yili noyabr oxiri va mart oyi boşigaça Özbekistonda QIŞ böladi. Ötgan yili ham bölgan! Undan millionlab yil avval ham şunday bölavergan. Tasavvur qilyapsizmi?
Balki işonmassiz, ammo, kelasi yil ham bizda qiş böladi. Undan keyin va undan keyin ham! Nahotki şunga farosat yetmaydi??
Nimaga avvaldan tayyorlanmaysizlar? Nima uçun aholiga svet va gaz yetkazib bera olmayapsizlar?
«Bevosita, bilvosita, yanada oşiriş, takomillaştiriş, musaffo osmon, muhtaram prezidentimiz taşabbuslari», deb minğirlamasdan, aniq, lönda qilib javob beradigan ERKAK rahbarlar bormi orangizda?
Erkaklik ham mayli, ODAMmisizlar özi?
Bu xalq oç qolsa qanoat qila oladi. Ammo, bolasini sovuqda muzlab, qaltirab ötirişini kötara olmaydi».
GAZSIZ VA ÇIROQSIZ
Ertalab viloyatga – buvimga (onamga) sim qoqib, hol-ahvollarini sörayotgandim, aloqa «piq» etib uzilib qoldi. Qayta qönğiroq qildim: operator boğlanib bölmasligini ma'lum qildi. Yana qildim – yana öşa javob.
Keçga yaqin buvimning özi telefon qilib qoldi.
«Çiroq öçib, mana endi keldi. Özing tinçmisan, bolam, sovuqlar qiynamayaptimi?..»
«Ha, bir neça kundan beri tinmay öçadi, öçsa, yarim kunlab yonmaydi. Keçalariyam uzoq vaqt bölmayapti...»
Saksonni qoralab qolgan otam va onam ötirgan uylarini goh ötin-u kömir, goh elektr bilan isitib ötirişadi. Gaz-ku çorak asrdan oşdiyamki, yöq. Elektr gazdan ham muhim. Uy telefonlari ham elektrga boğlangan. Bir umi? Butun boşli hayot elektrga ulangan-ku. Butun boşli hayot!..
Buvim bilan xayrlaşib bölganimdan keyin könglim ğaş tortdi.
Respublikaning deyarli barça joylarida hol uşmundoq – körib turibmiz, öqib turibmiz!
Meni xayol olib qoçdi.
Xayolimda kim bilandir bahslaşa ketdim:
«Nima böpti çiroq bölmasa, şunga ham ota göri – qozixonami, ana Amir Temur şamning yoruğida yarim dunyoni zabt etgan» deyişingiz mumkin siz. Lekin men aytamanki, endi şamning yoruğida dunyoni oliş u yoqda tursin, Temur bobodan qolgan bir parça yerni saqlab qoliş ham muşkul bölib qoladi. Qolaversa, dunyoni sörab turganlar bugun – boşqalar. Ana öşalardan saqlaniş uçun ham kerak çiroq, gaz, imkoniyat! (Amir Temurga kelsak, saroyida şam yongani bilan kallasida, miyasining içida naq quyoş porlagan uning, aql quyoşi, tafakkur quyoşi!..) Aslida, bugun dunyo siyosatdonlari özlariga kelib, özgalarning yerlarini bosib, bölib olişlarga çek qöyişlari, bir tutamgina umrlarini ezgulikka, totuvlikka, hamkorlikka bağişlab yaşab ötişlari – eng maqbul yöl ekanini tuşunib yetsalardi. Ular tuşunib yetsa, qolganlarning ergaşişlari birmunça oson keçardi. Zero, hayot degan ne'mat qarşisida dunyoning boşqa ne'matlari – u tuproq böladimi, zarmi, zörmi, – barça-barçasi keyinda turadi!
Şunday qilib, XXI asrda millatni gazsiz va çiroqsiz qoldiriş – jinoyat, keçirib bölmas jinoyat!
Bunga yengil-yelpi qarab bölmaydi. «Ha endi, qiş uç oyda ötadi-ketadi, iqtisod qilganimiz qoladi», deb qarayotgan bölsangiz, ana öşa jinoyatga qöl urgan bölasiz.
Buning ortida juda ayançli qismat kutib turibdi. Xalqning qismati, davlatning qismati – siz bilan bizning, barçamizning qismatimiz!
Oçiqlaşga harakat qilaman: bugungi globallaşuv, har tomonlama integratsiyalaşuv davrida xalqning elektr energiyasiz qolişi – dunyodan uziliş, demak! Dunyodan uziliş esa, qaşşoqlik va johillik, demak. Qaşşoqlik va johillik esa, yana fohişalik, yana mardikorlik, yana yollanma işçilik, demak! Bu esa, tanazzul, demak! Millat tanazzuli!.. Davlat tanazzuli!..
Ana şunaqa kelajak kutyapti bizni agar çiroqsiz tong ottirib, kun bottirişda davom qilsak!..
Şuning uçun ham siz xalqqa gazi va çiroğini berib, erkin işlab rözğor tebratişiga qöyib bering-a, körasiz: uning özi beş-ön yilda hammasini eplab oladi. Tirikçiligini tiklaydi, tiklangan tirikçiligi ortidan tirikligi esiga tuşadi, inson bölib, millat bölib qad rostlaydi. Bema'ni soliqlar bilan, keraksiz taqiqlar-u kurakda turmaydigan jarimalar bilan (tösiqlar!) uning çopiş tezligi (razgoni!)ni hadeb töxtatmang! Boşqa heç narsa, heç narsa kerakmas unga! Men şu elning içida yaşayman. U – iste'dodli, mehnatkaş el! Uning xalq bölişiga qöyib bering! Siz sun'iy tösiqlar bilan xalq bölib birlaşiş uçun boğlanayotgan iplarni çirt-çirt uzib taşlayapsiz! Iplarning uzilişidan çiqayotgan saslar butun dunyoning quloğini qomatga keltiryaptiyu nahotki siz, ey şu yurtning amaldorlari, eşitmayotgan bölsangiz!?..
Nahotki, yurtdoşlar köp narsa sörayotgan bölsa!?..
Nahotki, öladigan-ketadigan dunyoda jindekkina odam böliş, jindekkina mard amaldor böliş şunçalar qiyin bölsa? Öladigan-ketadigan dunyoda-ya?!..”
Men ba'zida ana şunday sarkaş xayollar surib turaman. Xayollarimni yana ba'zida hozirgidek söz bilan suraman. Söz – kema. Hayot – ummonning qişdagi muzdek suvi sizib kirayotgan kema. Bu – çökiş xavfi bor, degani. Körinadiki, Yaratganning qutqaruv halqasiga ham ehtiyojim mavjud. Bizning hammamiz ana şunday halqaga bölgan ehtiyoj bilan yaşayapmiz, aslida...