«Men özim hozir ötirib yiğilişni olib boryapman, sizlarniyam eşityapman va ham yiğilişga nisbatan odamlarning munosabatini öqiyapman.
Mana hozir onlayn berilayotgani uçun minglab foydalanuvçilar gaz va elektr energiyasi muammosini qaçon hal qilasizlar, degan savollar bilan bizga murojaat qilişyapti.
Bu yerda «kambağallikni qisqartira olmayapti, oşib ketyapti», degan gaplar ham bor. Bu böyiça alohida tuşuntiriş ötkazişimiz kerak.
«Elektr yöq, gaz yöq», yozilayotgan qança savol bölsa şularning hammasi bir xil mazmunda. «Sizlar blogerlar va xalqning tanqidlariga ham e'tibor berasizlarmi, xalqni eşitasizlarmi?», deya savol berişyapti.
Albatta kuzatamiz. Şu yerda ötirib ham yuzlab, minglab izohlarni öqib ötiribmiz.
Men sizlarga va'da beraman, bizning tegişli qömitamiz – Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi mana şu masalani maxsus örganib çiqadi», deya Senat raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tanzila Norboyeva Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Erkin Gadoyevga şu masalada tez kunlarda tanqidiy yiğiliş ötkaziş vazifasini yuklagan.
«Senat va qonunçilik palatasining yalpi majlisida şu masala böyiça vazirlarning hisobotlarini eşitamiz. Nima uçun prezident islohotlari joylarga yetib bormayapti?
Mana şu savolga javob olişimiz kerak. Mutasaddilar javob bersin. Mablağdan muammo yöq-ku? Heç qanday muammo yöq. Nega u (gaz va elektr energiyasi) joylarga yetib bormayapti? Nima uçun xalq bizdan norozi? Biz buni tez kunlarda körib çiqamiz. Biz yalpi majlisni ham kutib ötirmaymiz, tezda axborot beramiz. Davlat rahbariga albatta bu masala böyiça axborot beramiz», degan u.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida ayni paytda onlayn efirga uzatilayotgan uşbu yiğiliş efiri ostida tarmoq foydalanuvçilari tomonidan yozilayotgan izohlar böyiça xabar berilgan edi.
«Xalqqa elektr va gaz yöq» – Senat yalpi majlisida foydalanuvçilar qanday izohlar yozmoqda









