Jahon banki Orol dengizi qurishining asosiy sababini ma'lum qildi
Orol dengizi mintaqasida yerni qayta tiklash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar xalqaro tanlovi e'lon qilindi. U qator xalqaro institutlar tomonidan o‘tkazilmoqda.
Jahon banki, Global landshaft forumi (GLF), Qozog‘iston-Germaniya universiteti (DKU) va Plug and Play (P&P) ushbu tanlovda ishtirok etish uchun olim va mutaxassislardan arizalar qabul qilmoqda.
Tanlov Markaziy Osiyo uchun Suv-energetika dasturi (CAWEP) ko‘magida o‘tkazilmoqda va Jahon bankining Markaziy Osiyoda barqaror landshaft dasturi RESILAND CA+’ni amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
Jahon banki xabarida aytilishicha, 1960-yillarga qadar Orol dengizi eng katta ko‘llar bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan.
«Ammo, deyarli 30 yil davomida suv resurslaridan turli ekinlar, shu jumladan paxta va guruch yetishtirish uchun foydalanilgani natijasida u deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari ekologiyasi va iqtisodiyoti uchun falokatli oqibatlarga olib keldi, shuningdek ushbu mintaqada yashovchi millionlab odamlarning farovonligi va sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatdi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston cho‘llanish va yerlarning tanazzulidan aziyat chekmoqda. Orol dengizi falokati oqibatlari qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga, chorvachilikka va mahalliy aholi turmush darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Avvalgi dengiz tubining 5,5 million gektar maydonida paydo bo‘lgan va ikkala davlat hududini qamrab olgan Orolqum cho‘li bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtirdi.
Yuqorida aytib o‘tilgan tashkilotlarning fikricha, e'lon qilingan tanlov Orol dengizi mintaqasidagi mahalliy ekotizimlarga salbiy ta'sirni yumshatish uchun foydalaniladigan ilg‘or innovatsion yechimlarni jalb qilishga yordam beradi. Shuningdek, tanlovda mintaqa yerlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yechimlarga e'tibor qaratiladi.
Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari quyi oqimidagi mamlakatlar yirik GESlar qurilishi Orol dengizi va mintaqa ekologiyasiga asosiy xavf ekanligini bir necha bor ta'kidladi.
Mavzuga oid
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
17:43 / 18.10.2024
“Qarz olinganiga yarasha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror bo‘lishi lozim” - Jahon banki katta iqtisodchisi
08:20 / 18.10.2024