Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» Rossiyaning «VEB.RF» davlat taraqqiyot korporatsiyasi bilan 650 mln dollarlik anglashuv memorandumi imzoladi
«O‘zbekneftgaz» AJ Rossiyaning «VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi bilan birgalikda uglevodorodlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda.
«O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyatining Moskvaga tashrifi doirasida «VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyati va samaradorligini alohida ta’kidladilar.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan birinchi qadam Rossiyaning yuqori texnologik mahsulotlarini yetkazib berishni moliyalashtirish, «O‘zbekneftgaz» AJning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun kredit liniyasining ochilishi edi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelishilgan maqsadlarni amalga oshirishning keyingi qadamlari va belgilangan muddatlari to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolashdi.

Memorandum O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Loyihaning maqsadi – mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va aholisini yetarli miqdorda energiya resurslari bilan ta’minlashdan iborat.
Memorandum 650 mln dollar miqdorida kredit liniya ajratish bo‘yicha indikativ shartlarni kelishish uchun imzolandi.

Ma’lumot uchun, «VEB.RF» – bu Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi Rossiyaning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdir. «VEB.RF» tijorat banklari bilan hamkorlikda infratuzilmani, sanoatni, ijtimoiy sohani rivojlantirish, texnologik salohiyatni mustahkamlash va odamlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan yirik loyihalarni moliyalashtiradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025