Shanhay aeroportida yuk tashuvchilarda koronavirus aniqlangandan keyin barcha reyslar bekor qilindi
Shanhayning Pudun aeroportida himoya niqobisiz ishlagan ikki yuk tashuvchida koronavirus aniqlangandan keyin 280ga yaqin reys bekor qilindi. Aeroport u yerdagi barcha odamlarni koronavirusga tekshirish uchun yopib qo‘yilgani sababli sarosima boshlangan.
Aeroportda 23 noyabrga o‘tar kechasi 277ta reys bekor qilingan, deb xabar qilmoqda “Interfaks” axborot agentligi Global Times nashriga tayanib. Koronavirus aniqlangan yuk tashuvchilar Shimoliy Amerikadan kelgan yuk bilan himoya niqobisiz ishlagan.
Ularning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqandan keyin aeroport rahbariyati uni yopishga va u yerdagi barcha odamlarni tashqariga chiqarmay, koronavirusga tekshirishga qaror qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda shundan keyin odamlar orasida boshlangan sarosima, tiqilinch suratlari va videolari tarqalgan.
2 Shanghai Airport employees test positive for covid 19. Entire airport gets locked down with roughly 10k inside. pic.twitter.com/9iPZUdZlcl
— DOM™ (@AppleDom_) November 23, 2020
Aeroportda koronavirusga tekshirish tuni bilan olib borilgan. Natijada 17,7 ming kishi tekshirilgan.
Aeroport rahbariyatida ta'kidlanishicha, faoliyati yuqori xavf bilan bog‘langan barcha xodimlar koronavirusga qarshi emlanadi.
“Emlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi”, deb ma'lum qilgan Shanhay aeroportlari korporatsiyasi boshqaruvchisi o‘rinbosari Chjou Tszyunlun.
Now at Shanghai Pudong Airport, someone tested positive for COVID-19 at a working cargo terminal. Now everyone who is lucky enough to be at the airport at this time will be tested. pic.twitter.com/rEcug9J7Pl
— Mr___Killuminati (@Mr__Killuminati) November 22, 2020
Mavzuga oid
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
19:31 / 14.11.2024