Kloop.kg naşrining xabar berişiça, mamlakat nomini özgartirişni sobiq Adliya vaziri Marat Kayipov taklif qilgan.

«Mamlakatimiz nomi rus tiliga «Qirğizlar Respublikasi» (Kyrgyzskaya Respublika) deb tarjima qilinadi. Aslida esa «Qirğiz respublikasi» (Respublika Kyrgyz) deb töğri yoziş kerak, «Qirğizlar Respublikasi» atamasi bu mamlakatda faqat qirğizlar yaşaydi degan ma'noni anglatadi. «Qirğiz Respublikasi» deyilganda esa köplab xalqlar birlaşib yaşayotgan mamlakat ekanligini aniq körsatib beradi», – degan u.

Kengaş a'zosi, «Qirğiz yöli» ma'rifiy jamiyat birlaşmasi raisi Qodir Koşaliyev esa boşqa variantni ilgari suradi.

Uning sözlariga köra, yangi konstitutsiya loyihasida «xalq qurultoyi» tuşunçasi kiritilayotganligi sababli, mamlakat nomida «xalq respublikasi» atamasi, albatta, bölişi kerak.

«Biz birinçi marta xalq qurultoyi institutini konstitutsiyaga rasmiy ravişda kiritmoqdamiz. Xalq hokimiyati va davlat tuzilmasi nima ekanligi haqida tuşunça mavjud. Bugun xalq davlat tuzilmasini qamrab oldi. Heç bir mamlakatda xalq hokimiyati yöq. Bizda ham hokimiyat oligarxlar qölida. Biz xalq xohişidan örinli foydalanişimiz zarur. Barça yuqori lavozimga tayinlanadigan şaxslar xalq qurultoyida tasdiqdan ötişi kerak. Ana şunda biz korrupsiyani minimal darajaga tuşiramiz va mansabdor şaxslar yanada mas'uliyatli bölişadi», – degan Koşaliyev.

Bundan taşqari, Qirğiziston Jogorku Keneşining sobiq deputati va Sadir Japarovning yaqin hamkori Noomanjan Arkabayev konstitutsiyadan «dunyoviy davlat» tuşunçasini olib taşlaşni taklif qilgan.

«Bir guruh diniy ulamolar meni uçraşuvga taklif qilişdi va konstitutsiyadan «dunyoviy davlat» sözlarini olib taşlanişi kerakligini sizga yetkazişimni iltimos qilişdi. Uşbu sözlarni konstitutsiyadan butunlay olib taşlaş notöğri bölişi mumkin. Men «dunyoviy davlat» sözlari örniga «ilğor ilm-fan va madaniyatga asoslangan davlat» deb yozişni taklif etaman», – degan Noomanjan Arkabayev.

Sobiq deputatning taklifiga Din işlari böyiça davlat qömitasining sobiq rahbari Zayirbek Ergeşov qarşi çiqqan. U Markaziy Osiyo mamlakatlari va barça turkiy davlatlar konstitutsiyalarida «dunyoviy davlat» sözlari borligini ta'kidlagan.

«Keça men Turkiya, Turkmaniston, Ozarboyjon, Tatariston, Özbekiston, Boşqirdiston, Qozoğiston va Tojikiston konstitutsiyalarini körib çiqdim. Ularning barçasida «dunyoviy davlat» sözlari bor. Agar konstitutsiyadan «dunyoviy davlat» sözlarini olib taşlasangiz, u holda fuqarolarning din tanlaş erkinligi bilan boğliq muammolar yuzaga keladi», – degan Ergeşov.