Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barcha o‘rinbosarlarim hududlarda ishlamoqda» – Vazir energetika taqchilligi oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralar haqida gapirdi
Energetika vaziri Alisher Sultonov «O‘zbekistonda kuzatilayotgan energetika taqchilligi, uning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar» mavzusidagi matbuot anjumanida ayni vaqtda o‘zi va o‘rinbosarlari respublikaning turli hududlaridagi vaziyatni o‘rganayotgani hamda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Biz nafaqat sovuq tushgunicha, balki undan oldinroq vazirligimizda maxsus shtab tuzganmiz va barcha mutasaddilar muntazam ishlashyapti. Barcha o‘rinbosarlarim hududlarda ishlamoqda. Shaxsan o‘zim vodiy viloyatlariga borib keldim va hokimlar bilan ko‘mir masalasini muhokama qildim.
Hozir Angrenda qazib olinayotgan ko‘mir sifati o‘zgargani uchun talab oshgan. Vaziyat bo‘yicha asosiy o‘rganishlarim Toshkent viloyatida bo‘lyapti», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
16:43 / 19.12.2025
“Uchta O‘zbekistonni boqadigan gaz”, iste’fo talabi va sirli tayinlov – Alisher Sultonov faoliyatiga nazar
17:13 / 16.12.2025
Alisher Sultonov lavozimidan olindi
19:22 / 14.07.2025