Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Qorabog‘dagi yarashuv kelishuviga ko‘ra Kelbajar tumaniga kirdi
Foto: RIA Novosti
Ozarboyjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘dagi yarashuv kelishuviga ko‘ra avval Armaniston tomonidan egallangan Kelbajar tumaniga kirdi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda harbiylar tog‘li yo‘llarni tayyorlash va hududni minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda.
“Uch tomonlama bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon armiyasi 25 noyabrda Kelbajar tumaniga kirdi. Bo‘linmalarimizning ushbu yo‘nalishda harakatlanishini ta'minlash uchun muhandislik ishlari yakunlandi, hududni minalardan tozalash ishlari olib borilmoqda va qo‘shinlar harakatlanishi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘ yo‘llari hozirlanmoqda”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Boku kelishuvga ko‘ra tumanga 15 noyabrda kirishi kerak edi. Biroq Ozarboyjon rahbariyati tinch aholi belgilangan muddatgacha ushbu hududni tark etishga ulgura olmagani sababli qo‘shinlar kiritilishini 25 noyabrgacha qoldirishga rozi bo‘lgan. 1 dekabrgacha Ozarboyjon nazoratiga Ag‘dam va Lochin tumanlari ham o‘tadi.
Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuv 9 noyabrda imzolangandi. U Ozarboyjonga ma'lum hududlarning berilishi, ushbu hududlardan Armaniston qo‘shinlarining olib chiqilishi va Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilishini ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026