Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq deputatlari viloyatlar kengashlariga soliq sohasiga oid imtiyozlar qo‘llash vakolatlari beriladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va ma'qullandi. Bu haqda parlament saytida xabar berildi.
Loyiha bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan stavkalarini qo‘llash yoki ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilish vakolati berilyapti.
Shuningdek, Soliq kodeksi bilan yer solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar, yer uchastkalari egallagan qismi bo‘yicha, sog‘lomlashtirish va dam olish joylari, dam olish uylari, aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun belgilangan joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan bo‘lsa va turistik zonalarda joylashgan bo‘lsa, sanatoriy-kurort xizmati uchun foydalanishga berilgan, turistik zonada joylashgan ko‘chmas mulk obektlariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinmoqda.
Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida fraksiya va qo‘mitalar tomonidan bildirilgan ko‘plab fikr va takliflar jiddiy o‘rganib chiqilib, loyihaga tahririy o‘zgartirishlar kiritildi.
Deputatlar fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi amaliyotda bir-birini zidlovchi qoidalar yuzaga kelishining oldini olishga, yer resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2023
Nogironligi bor shaxslar OTMga kirishda qanday imtiyozlarga ega?
11:44 / 02.06.2023
Uyali aloqa virtual operatorlari hamda tele- va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyozlar beriladi
08:26 / 29.01.2022
Xususiy klinikalarda imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi
07:40 / 22.01.2022