08:45 / 26.11.2020
9692

AQShda saratonga qarshi vaksina odamlarda sinala boshlandi

Foto: shkola-zdorovia.ru

AQShning Ohayo shtati universiteti olimlari saratonga qarshi PD1-Vaxx vaksinasini odamlarda sinashni boshlashdi

PD-1 ingibitorlari yangi sinfdagi dori vositasi bo‘lib, “qotil” hujayralarga saraton hujayralari ortidan samaraliroq “ov qilish”ga imkon beradi. PD1-Vaxx vaksinasi ham V-, ham T-hujayralar funksiyalarini faollashtiradi va o‘simtaning kichrayishiga yordam beradi. Vaksina bilan davolash saraton hujayralari immun tizimi hujumlaridan qochish uchun qo‘llaydigan mexanizmni bloklashga qaratilgan. Olimlar ushbu vaksinani immunoterapevtik dori vositasi bilan birgalikda qo‘llab, immun tizimini saraton hujayralarini o‘ldirishga yo‘naltirgan holda “qayta yuklashga” erishishgan.

Olimlarning ma'lum qilishicha, ushbu kombinatsiyalangan davolash usuli yo‘g‘on ichak saratoni bilan kasallangan hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan va 10ta hayvondan 9tasida to‘liq immun javobi hosil qilgan. Sinovlar vaksinaning samaradorligi va xavfsiz ekanini ko‘rsatgan.

Endilikda esa vaksinani AQShda odamlarda sinashga ruxsat olindi. Vaksina mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonidan aziyat chekuvchi bemorlarda sinaladi.  

“Biz vaksina sinovlarini boshlashdan va o‘pka hamda boshqa turdagi saratondan aziyat chekuvchi bemorlarga yangi umid berishdan xursandmiz”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri.

Mavzuga oid
Top