Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: Jahongir Ortiqxo‘jayev ozarboyjonlik investorga yer ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
5 noyabr kuni saytimizda «Davlat tashkilotlari ozar investorini «koptok» qilmoqda. 3 kunlik ish 3 oyda ham bitmadi» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilgan edik.
Maqolada Prezident qaroriga muvofiq, bitim imzolanib hokimlikka yuborilgach, 3 kun ichida yer ajratib berilishi kerak bo‘lgan tadbirkor 3 oydan buyon qog‘oz ko‘tarib, idorama-idora sarson bo‘lib yurgani tanqid qilingan edi.
Shundan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi vakillari tahririyat bilan bog‘lanib, yer ajratish bo‘yicha barcha masalalar Toshkent shahar hokimligining ixtiyorida qolganini ma'lum qilishgandi.
Toshkent shahar hokimligi mutaxassisi SSV Sog‘liqni saqlash sohasida DXSh to‘g‘risidagi nizom shartlarini to‘liq bajarmaganini va ushbu yer maydoni hokimlik yer zaxira fondiga o‘tishi kerakligini aytgan edi.
Nihoyat kecha - 27 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning «LABCENTER» MChJga davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy laboratoriya tashkil etish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali hududidagi 550 kv. metr yer maydonini ajratish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Bu haqda korxona direktori Asqar G‘ozixonov ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:30 / 05.05.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari ham almashdi
14:00 / 13.04.2026
Ochiqlik indeksi e’lon qilindi. Eng yopiq tashkilot Toshkent shahar hokimligi
13:42 / 10.02.2026
Yangi yerlarni o‘zlashtirishda “investor + loyiha” tamoyili joriy etiladi
15:02 / 11.12.2025