O‘zbekiston | 13:33 / 28.11.2020
6699
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus va pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar keskin kamaygani inobatga olinib, muassasalar bazasidan unumli foydalanish hamda kelgusida ularning faoliyatini tibbiyotning boshqa yo‘nalishlariga ham moslashtirish maqsadida reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ushbu shifoxonalarda koronavirusga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, shu maqsadda shifoxonalarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid