Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya fazoga yangi sun'iy yo‘ldosh chiqardi
Yaponiyaning H-IIA raketasi fazoga ma'lumotlarni yuqori tezlikda uzatish uchun mo‘ljallangan sun'iy yo‘ldoshni chiqardi. Raketa 29 noyabrda Tanegasima orolidagi kosmodromdan uchirilgan.
Retranslyator sun'iy yo‘ldosh orbitadagi boshqa yapon sun'iy yo‘ldoshlaridan ma'lumotlarni qabul qilib, ularni Yerga jo‘natadi. Yaponiya koinot agentligi JAXA ma'lumotlariga ko‘ra, yangi sun'iy yo‘ldosh ma'lumotni oddiy sun'iy yo‘ldoshlardan ko‘ra 7 marta tezroq uzata oladi va sutkasiga o‘rtacha 9 soat ishlaydi. Ma'lumotlarning, jumladan foto- va videomateriallarning tezkor uzatilishi favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarga tezroq munosabat bildirishda yordam beradi.
NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiya hukumati yangi sun'iy yo‘ldoshdan axborot to‘plovchi sun'iy yo‘ldoshlaridan ma'lumotlarni uzatishni tezlashtirish uchun foydalanadi.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026