Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorga burkangan Qoraqo‘rg‘on (fotogalereya)
Pichoqlari bilan mashhur Chust o‘zining bahavo tabiati bilan ham Namanganning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Ayniqsa, tumanning tog‘oldi hududlarida tabiat juda chiroyli.
Chustning Qoraqo‘rg‘on qishlog‘i ham tumanning tog‘oldi hududida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Qishloqda qir-adirlar ko‘p bo‘lgani tufayli aholi asosan qo‘y va echki boqish, bog‘dorchilik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
Shahar shovqini, hayot tashvishlaridan toliqqan inson Qoraqo‘rg‘onni ko‘rsa, ruhi ko‘tariladi. Bahorda, daraxtlar yashil bo‘lgan vaqtda go‘zal bo‘luvchi Qoraqo‘rg‘on qishda ham qorga burkanib, o‘zgacha go‘zallik kasb etadi. Qoraqo‘rg‘ondan olingan suratlarni sizga ham ilindik.










Kun.uz muxbiri Tohirjon Tursunov olgan suratlar
Mavzuga oid
21:45 / 24.08.2025
Saudiya Arabistoni “qorsizlik” sababli 2029 yilgi Qishki Osiyo o‘yinlarini boshqa mamlakatda o‘tkazishni so‘ramoqda – OAV
14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
19:54 / 19.06.2024