Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatiga yangi bosh imom xatib tayinlandi
Ayni vaqtga qadar Toshkent shahri bosh imom xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jasur Raupov Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Bugun, 30 noyabr kuni Toshkent viloyati imom xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov, masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va taniqli imom xatiblar ishtirok etgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan, Toshkent shahri bosh imom-xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jasur domla Raupov Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangan.
Ma'lumot o‘rnida, Jasur domla Raupov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Andijon davlat universitetini tamomlagan. 1999 yildan boshlab Toshkentdagi bir necha masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishlagan. Xususan, 2017-2019 yillarda «Islom ota» masjidi imom-xatibi vazifasida ishlagan, 2019 yil dekabrida Chilonzor tumanidagi «Nosirxon» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazilgandi.
2010 yildan buyon esa Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan Xayrulloh domla Turmatov 16 sentyabr kuni vafot etgan edi.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
08:36 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
08:19 / 30.01.2026