Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Xayrulloh domla Turmatov Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida ta'lim olgan, mehnat faoliyati davomida Toşkent viloyatidagi «Çetsuv», «Qoraboğ», «Zangiota» jome masjidlari imom-xatibi, Angren şahri boş imom-xatibi vazifalarida işlab kelgan. Sönggi yillarda Toşkent viloyati boş imom-xatibi vazifalarida xizmat qilayotgandi.

«Barçamizni Alloh taolo yaratgan. Taqdirlarimizni ihota qiluvçi yagona Zot ham faqatgina Robbimizning Özidir. Qur'oni karimda: “…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvçilarmiz… (Baqara, 156) deyilgan.

Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan bu din xizmatçisini mağfiratiga olsin, yaqinlariga sabru jamil berib, qazoi qadarini imon ila, rozilik ila qarşi olganlar qatorida ajru mukofotlar ato etsin.

Xayrulloh domla Turmatovga ulamolar, imom-xatiblar, imom noiblar, jome masjidlardagi har bir mas'ul xodim hamda qalblari Allohning baytiga boğlangan qadrli insonlarning ehtiromi baland va yuksak edi.

Hadisi qudsiylardan birida aytiladi: “Ey Odam farzandi! …Albatta, Men sizlarning suratingizga ham, çiroyingizga ham qaramayman. Balki qalbingizga qarayman va sizlardagi yaxşi xislatlardan rozi bölaman”. Rahmatli Xayrulloh domla Turmatov ham ana şunday yaxşi xislatlar, ezgu fazilatlar sohibi edi.

Alloh taolo marhum ulamoni Öz mağfiratiga olsin, çekkan dardlarini gunohlariga kafforat aylasin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini özlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga çiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxşiliklar ila töldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib söraymizki, marhum olimni özining çeksiz rahmatiga olsin, jannat boğlariga doxil etsin», deyiladi xabarda.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari, yaqinlari va şogirdlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.