Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘ning Lochin tumaniga kirdi
Ozarboyjon qurolli kuchlari bo‘linmasi Rossiya va Armaniston bilan tuzilgan uch tomonlama bayonotga muvofiq Tog‘li Qorabog‘ning Lochin tumaniga kirdi.
Foto: RIA Novosti
“Ozarboyjon, Rossiya prezidentlari va Armaniston bosh vaziri tomonidan imzolangan uch tomonlama bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon armiyasi bo‘linmasi 1 dekabrda Lochin tumaniga kirdi”, deb ma'lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida.
Vazirlikning YouTube’dagi kanalida ozarboyjonlik harbiylar kolonnasining tumanga kirib borayotgani videolavhalari e'lon qilingan.
20 noyabrda Ozarboyjon armiyasi bayonotga muvofiq Ag‘dam tumanini, 5 kun o‘tgach esa Kelbajar tumanini egallagandi.
10 noyabrda imzolangan uch tomonlama bayonot yuqorida tilga olingan tumanlardan arman harbiylarining olib chiqilishini ko‘zda tutgan. Bunda Armanistonga Tog‘li Qorabog‘ga, Ozarboyjonga esa Naxichevan eksklaviga olib boruvchi transport yo‘laklari tashkil etilishi kafolati berilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:08 / 11.02.2026