O‘zbekiston | 18:12 / 02.12.2020
9517
1 daqiqa o‘qiladi

FVV “Baklajkadagi sirli ixtiro” xavfli ekanligidan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikkita yelim idishga solib qo‘yilgan suyuqlikning biqirlab qaynayotgani va ulardan chiqayotgan gaz yonayotganiga oid videolavha tarqaldi. Uning muallifi idishlardan biridagi oddiy suv, ikkinchisida esa gaz mavjudligini, har ikkisining aralashib qaynashidan gaz yonayotganini ko‘rsatib ta'kidlaydi.

Bu videolavhaga izoh bergan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati mazkur amaliyot xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

“Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Uning muallifi bu ixtironi uyni isitish maqsadida tavsiya etadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan ushbu tajribani aslo amalda qo‘llamasliklarini so‘rab qoladi. Bu hayot va sog‘lik uchun juda xavflidir. Buning oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlar, xususan yong‘in va hatto portlash kabi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, – deydi vazirligi Axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov. 

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid