Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik korxonalar tomonidan qancha ko‘mir qazib olingani ma'lum qilindi
O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 3,1 mln tonna ko‘mir qazib olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 53,8 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur'ati 1,7 foizni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning:
- yanvar oyida 383,9 ming tonna (o‘sish sur'ati 63,1 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 695,1 ming tonna (28,9 foiz);
- yanvar-mart oylarida 1 mln tonna (29,6 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 1,2 mln tonna (19,1 foiz);
- yanvar-may oylarida 1,3 mln tonna (10,2 foiz);
- yanvar-iyun oylarida 1,5 mln tonna (9,7 foiz);
- yanvar-iyul oylarida 1,7 mln tonna (0,6 foiz);
- yanvar-avgust oylarida 2,1 mln tonna (3,1 foiz);
- yanvar-sentyabr oylarida 2,6 mln tonna (7,1 foiz) ko‘mir qazib olindi.
Ma'lumot uchun, mamlakat 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijiy davlatlarga 1,3 ming tonna yoki 86,1 ming dollarlik ko‘mir mahsuloti eksport qilgan.
O‘z navbatida, respublikaga xorijiy davlatlardan 2,2 mln tonna yoki 75,4 mln dollarlik ko‘mir mahsuloti import qilingan.
Mavzuga oid
10:35
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist qaysi mamlakatlardan kelgan?
10:16
Kichik biznes yetakchi: korxonalarning 85 foizi mikrofirmalar
17:40 / 15.01.2026
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlandi
15:13 / 15.01.2026