Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryoda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirishga doir ishlar holatini o‘rgandi
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2020 yil noyabr oyi, 11 oylik hamda yil oxiriga qadar gaz, kondensat qazib chiqarish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Boshqarma va kon boshliqlari ham qatnashgan yig‘ilishda 2021 yil prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga qaratilgan geologik-texnik tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

Boshqarma tasarrufidagi konlardan gaz va gaz kondensati qazib chiqarish bo‘yicha boshqarma bosh geologi va kon boshliqlari bilan muloqot qilindi.
2020 yil reja ko‘rsatkichlarini bajarish, ayniqsa, kuz-qish mavsumida gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning ijrosi tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, dolzarb muammolar, xususan, geologik qidiruv ishlarini kengaytirish, 2020 yil oxiriga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan geologik-texnik chora-tadbirlarni jadallashtirish bilan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Uglevodorodlarni qazib chiqarish, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash jarayonlarida yangi yo‘nalishlardan keng foydalanish, yangi gaz konlarini o‘zlashtirish, quduqlarni kapital ta’mirlash ishlarining samaradorligini oshirish, texnologik obektlarning qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, 2021 yil prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga bugundan zamin tayyorlash maqsadida, geologik-texnik tadbirlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash, texnologik obektlarni ishga tushirish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun zarur material-texnik resurslar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash hamda 2021 yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilayotgan siquv kompressor stansiyalarining qurilish loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.
O‘rganish vaqtida, «Sho‘rtan» konida gaz qazib chiqarishni yanada ko‘paytirish maqsadida, «Neftgazmontaj» MChJ tomonidan olib borilayotgan Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi 1-navbatidan «Sho‘rtan» siquv kompressor stansiyasigacha qurilayotgan 7,6 km uzunlikdagi, diametri 1020 mm li gaz quvurining qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishib, ushbu quvurni qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha boshqarma va tegishli departament rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Boshqaruv raisi o‘rganish davomida, «Sho‘rtan» konida xizmat qilayotgan ishchi-xodimlar bilan ularning oylik maoshlari o‘z vaqtida berilishi, ijtimoiy masalalar, qazib chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida suhbat o‘tkazdi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025