Komil Allamjonov agentlikka direktor etib tayinlangaç, ajoyib, köpçilikka manzur jamoa şakllandi. Allamjonov–Mirziyoyeva tandemi tomonidan jurnalist va blogerlarga, ular kötarib çiqayotgan taşabbus va muammolarga e'tibor kuçaydi. Qalamkaşlarni qöllab-quvvatlaş boşlandi. Hattoki prezidentning mahalliy va xorijiy taşriflarida xususiy OAV vakillari ham iştirok eta boşlaşdi.

Joylardagi tartibsiz «snos»lar, maktab formalarini majburiy joriy etiş, ayollar römoli va şu kabi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokama bölayotgan, butun xalqni taşvişga solayotgan muammolar davlat rahbarining quloğiga yetkazildi. Xalq taşvişlari eşitildi, kerakli reaksiyalar bildirildi.
Öşanda ham erkin fikr bildirişga qarşilar bor edi. Facebook ijtimoiy tarmoği bloklandi. Şunda ham ularning ta'siri bilan muammo bartaraf etildi.
Umuman, AOKA zamonaviy trendlardan çetda qolmayotgan edi. Agentlik sobiq direktorining «Bir yillik faoliyat haqida 2 daqiqada ulguriş» çellenjga qöşilganini yodga oling.
AOKA tomonidan amalga oşirilgan yana bir xayrli iş – barça vazirlik, idora va davlat taşkilotlarida Axborot xizmatlari taşkil etilgani böldi. Axborot xizmatlari boşliqlari taşkilot rahbarining örinbosariga tenglaştirildi, ularning maoşlari oşirildi, axborot xizmatlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviylaştirildi. Ularning faoliyatini reyting asosida baholaş yölga qöyildi.
Jurnalist va blogerlar bilan turli seminarlar, matbuot anjumanlari va uçraşuvlar taşkil etila boşladi. Özbekiston va jahonning boşqa şaharlarida ham söz erkinligiga bağişlangan konferensiyalar ötkazildi.
Öz-özidan, söz erkinligiga oid jahonning nufuzli reytinglarida sekin-asta kötariliş boşlandi. Bu e'tirof amalga oşirilayotgan işlar samara berayotganidan darak edi.
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 2020 yil 29 yanvarda AOKA rahbarligidan ketişdi. Ular hozir Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondini boşqarişmoqda. Öşa yerda ham Allamjonov jamoasi koronavirus pandemiyasi davrida özining yangi loyihalari va axborot kömagi bilan yana mediamakonda paydo böldi.










