Jahon | 20:52 / 04.12.2020
2979
1 daqiqa o‘qiladi

Seulda koronavirus sababli soat 21dan keyin ko‘cha chiroqlari o‘chiriladigan bo‘ldi

Janubiy Koreya poytaxti Seulda koronavirus tarqalishiga qarshi yangi cheklovlar kiritilishi doirasida do‘konlar, kinoteatrlar va shu kabi jamoat joylari soat 21dan yopiladigan bo‘ldi. Shuningdek, shahar tarixida birinchi marta odamlar harakatlanishini cheklash maqsadida kechki payt ko‘cha chiroqlari o‘chiriladigan bo‘ldi.      

Foto: Kim Hong-Ji / Reuters

Cheklovlar 5 dekabrdan kuchga kiradi. Seul meri So Chjon Xyopning aytishicha, shahar “juda xavfli inqirozni boshdan kechirmoqda” va “orqaga chekinishning boshqa ilojisi yo‘q”.

“Ertangi kundan Seul soat 21dan to‘xtaydi”, deb ma'lum qilgan mer.

Ushbu qaror 3 dekabrda shaharda kunlik kasallanish holatlari soni rekord darajaga – 295 taga yetgandan keyin qabul qilingan. Janubiy Koreya bo‘ylab esa so‘nggi sutkada kasallanish holatlari soni 629 tani tashkil qilgan.  

Bundan tashqari, soat 21dan keyin avtobuslar va metro poyezdlari qatnovi 30 foizga qisqartiriladi. Maktablar o‘quvchilari 7 dekabrdan masofadan o‘qishga o‘tkaziladi. Shuningdek, sport zal, muzey, konsert zallari va kutubxonalar to‘liq yopiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid