«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi «Alan» va «Zevarda» konlari faoliyati va yangi loyihalar holatini o‘rgandi
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘lib, 2020 yil noyabr oyi, 11 oylik hamda yillik suyuq uglevodorod qazib chiqarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bundan tashqari, 2021 yil prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga qaratilgan geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish rejalari yuzasidan «Alan» va «Zevarda» konlarida amalga oshirilayotgan manzilli dastur va loyihalar, qazib chiqarish jarayonlari o‘rganildi.
Dastlab «Alan» konida yangi qurilayotgan past bosimli Siquv kompressor stansiyasining qurilish-montaj ishlari hamda kondagi qazib chiqarish jarayonlari, quduqlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar ko‘rsatkichlari, quduqlarni burg‘ilash, kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishib chiqildi.
O‘rganish davomida, «Alan» konida gaz qazib chiqarishning kamayishi oldini olish va yanada ko‘paytirish maqsadida, «EREILL OIL FIELD SERVICES MIDDLE EAST DMCC» kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan 2-Siquv kompressor stansiyasining qurilish-montaj ishlari joyida o‘rganildi hamda keltirilgan jihozlar, texnik asbob-uskunalarning o‘rnatilish-montaj jarayonlari bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ushbu stansiyani qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, quduqlarni kapital ta’mirlash ishlarining samaradorligini oshirish, texnologik obektlarning qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish kabi masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Boshqaruv raisi o‘rganish davomida «Alan» konida xizmat qilayotgan ishchi-xodimlar bilan ularning oylik maoshlari o‘z vaqtida berilishi, ijtimoiy masalalar, qazib chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida ochiq suhbat o‘tkazdi.
Ushbu suhbat jarayonida ishchi-xodimlar ham o‘z takliflarini bildirishdi va mavjud muammolar o‘z vaqtida yechib berilayotganini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng, Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh boshqarma tasarrufidagi «Zevarda» konidagi past bosimli siquv kompressor stansiyalar qurilish jarayoni, burg‘ilanayotgan quduqlar hamda kapital ta’mirlashdagi quduqlarda olib borilayotgan ish holati bilan tanishdi.
Qurilish maydonida – kompressor stansiya uchun keltirilgan va yetkazib berilayotgan ehtiyot qismlar, jihozlar, asbob-uskunalar o‘rnatilishi, montaj ishlari o‘rganib chiqildi.
Pudratchi tashkilot mas’ul rahbarlar tomonidan olib borilayotgan va kelgusidagi ishlar rejasi bo‘yicha hisobot ma’lumoti taqdim etildi.
Boshqaruv raisi tomonidan pandemiya davrida ish maydonida nazoratni kuchaytirish, barcha texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, yong‘in xavfsizligi, elektr va gaz xavfsizligiga, ish joylarini tez-tez dezinfeksiya qilish, ogohlikni oshirish, ishchi xodimlar orasida infeksiya tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha korxona rahbari va pudratchi hamkorlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Qurilishi olib borilayotgan stansiyalarda hamda boshqa qurilma obektlarni belgilangan muddatlarda sifatli ishga tushirish, barcha imkoniyatlarni jalb qilish, muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi hamda o‘z vaqtida ishlarni yakunlash vazifasi yuklatildi.
Ishchi guruh «Zevarda» konida burg‘ilash ishlari olib borilayotgan №313-sonli quduq maydonida bo‘ldi. Burg‘ilash ishlarini jadallashtirish va mavjud muammolarni tezda bartaraf etib, quduqni belgilangan muddatlarda sifatli ishga tushirish, samaradorlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, ishlarni o‘z vaqtida yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
2021 yil prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga bugundan zamin tayyorlash maqsadida, ishlab chiqilgan geologik-texnik tadbirlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash, texnologik obektlarni ishga tushirish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun zarur material-texnik resurslar, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish kerakligi aytildi.
Qishki mavsumda barcha qurilma va obektlarning uzluksizligini ta’minlash, tabiiy gaz yetkazib berish ustuvor vazifa ekanligi, mavjud resurslarni maksimal jalb qilib, rejaviy ko‘rsatkichlarni bajarish borasida qilinadigan ishlar belgilab olindi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024