Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov Farg‘onaga tashrif buyuradi
Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov Botken va O‘sh viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
7-9 dekabr kunlari bosh vazir vazifasini bajaruvchi, Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov Botken va O‘sh viloyatlariga boradi.
Artyom Novikov safar doirasida sanoat obektlari faoliyati bilan tanishadi, Isfana shahridagi aeroportning ochilish marosimida ishtirok etadi va Qadamjoy shahrida kasalxona qurilishi bilan tanishadi.
«Shuningdek, amaliy tashrif doirasida bosh vazir vazifasini bajaruvchi joriy yil 8 dekabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi viloyatlarda vakolatli vakillari hamda O‘zbekiston chegaraoldi viloyatlari hokimlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi», — deyiladi xabarda.
Safar yakunida Artyom Novikov «Ergashtom» nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati bilan tanishadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
19:57 / 30.05.2026