Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi o‘ziga topshirilgan Nexia’da YTHga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 6 dekabr kuni taxminan soat 22:40da Davlatobod ko‘chasida (Sputnik-9) avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi 22 yoshli Abdulla Ye. o‘ziga topshirilgan "Nexia-3" avtomobili kalitidan foydalanib, avtomobilda yo‘l qismiga chiqib, Otabek J. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvga sabab bo‘lgan holat o‘rganilmoqda. YTH sababli hech kim jabrlanmagani aytiladi.
“Hurmatli haydovchilar! Notanish kishilarga avtomobilingiz kalitini topshirmang. Unutmang, siz yo‘qligingizda transport vositangizdan foydalanishlari mumkin, ba'zi holatlarda bu ayanchli oqibatlarga olib keladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026