Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya inspektori noqonuniy ovchilarga qarshi reyd vaqtida YTHga uchrab vafot etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Mo‘ynoq tumani ekologiya inspektori Shamil Torejanov noqonuniy ovchilar sababli o‘tkazilgan reyd vaqtida avtohalokatga uchrab halok bo‘ldi.
Mo‘ynoq tumani
Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi vakili Mo‘ynoqdagi boshqarma inspektori noqonuniy ovchilar sababli o‘tkazilgan reydda yo‘l-transport hodisasiga uchrab, vafot etganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Orol dengizining qurigan maydonida noqonuniy ovchilar yurganligidan xabar topgan Mo‘ynoq ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i T.Tileumuratov, inspektorlar Sh.Torejanov, A.Mambetnazarov avtomashinada yo‘lga chiqqan. Yo‘lda avtomobilning shinasiga shikast yetib, yo‘ldan chiqib ketgan va avtohalokatga uchragan.
Hodisa joyida fidoyi inspektor Sh.Torejanov og‘ir jarohat olib, ahvoli og‘irlashgan, ko‘p o‘tmay uning joni uzilgan. Kimsasiz cho‘lda ularga tez yordam kela olmagan. Hodisa yuz bergan hududda mobil aloqa ishlamagani sababli xabar berishning ham iloji bo‘lmagan. Eng yaqin odam yashaydigan joy esa 45 kilometr uzoqlikda bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Baxsiz hodisa tafsilotini bayon qilgan T.Tileumuratovning ta'kidlashicha, u vaqtni cho‘zmay, Orol dengizining qirg‘og‘ida artemiya yig‘ish bilan shug‘ullanadiganlarni yordamga chaqirish uchun piyoda ketgan. Yana bir sherigi baxsiz hodisa joyida qolgan.
Ta'kidlanishicha, Tileumuratov izg‘irin sovuqda 45 kilometr yo‘l bosib, tunda dengizning qirg‘og‘idagi lagerlarga yetib borgan. Lekin artemiyachilarda faqat botqoqlikda yura oladigan transport bo‘lgan va u tunda yura olmagan. Inspeksiya boshlig‘i shu joydan telefon orqali Mo‘ynoqqa xabar qilgan.
Hozirda voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
11:38 / 27.01.2026