JIB Bekobod tuman sudida maşinada odam urib ketib, jasadni suvga oqizib yuborgan IIB xodimiga hukm öqildi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.
1989 yilda tuğilgan D.N. Bekobod şahar IIB jinoyat qidiruv bölimi tezkor vakili vazifasida işlagan. U sudda piyodani körgandan söng tormozni bosganini, ammo töqnaşuvning oldini oliş imkoni bölmaganini ma’lum qilgan.
Xabarda haydovçi Nexia maşinasini mast holda boşqargani aytilgan. YTHdan söng u yölovçini maşinasiga mindirib, şifoxonaga yöl olgan. Ammo yölda fikridan qaytib, jinoyatni yaşiriş payiga tuşgan.
Sobiq xodim sud tergovida piyoda nafas olmayotganini körgaç, şok holatida qörquvda kanalga taşlaganini, voqeadan keyin Bekobod tumani IIBga özi kelib, jinoyat haqida xabar berganini aytgan. U qilmişiga puşaymonlik bildirib, jazoni ötab qaytgaç, marhumning yaqinlariga yordam berişini ta’kidlagan va suddan yengillik söragan.
Sud hukmi bilan sobiq xodim Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi va 134-moddasida (qabrni tahqirlaş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga maşina boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning 11 dekabr kuni Böka—Bekobod avtomobil yölida Nexia maşinasida harakatlanib ketayotgan IIB xodimi 43 yoşli fuqaroni urib yuborgan. Söngra voqeani yaşiriş uçun turmuş örtoğining yordamida jasadni taxminan 35-40 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga oqizib yuborgandi. Marhumning jasadi 80 kunda topilgandi.











