Jahon | 19:28 / 09.12.2020
8763
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Fransiyani irqchi mamlakat deb atadi

9 dekabr kuni Parijda «PSJ» va «Istanbul» jamoalari  o‘rtasidagi uchrashuv boshida irqchilik mojarosi yuzaga kelib, o‘yin 16-daqiqada to‘xtatildi. To‘rtinchi hakam Sebastyan Koltesku irqchilik ruhidagi so‘zni ishlatgach, turklar jamoasi maydonni tashlab ketdi.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Chempionlar ligasi doirasida «Pari Sen-Jyermen» (PSJ) va «Istanbul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hakamning irqchilik ruhida aytgan so‘zlari zamonaviy Fransiyada irqchilik qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatishini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

«Bunday munosabatni kechirib bo‘lmaydi. Biz hali ham Fransiya irqchilik iddaosi va harakatlari kuchayib borayotgan mamlakatga aylandi degan fikrdamiz», — dedi Erdo‘g‘an.

9 dekabr kuni Parijda «PSJ» va «Istanbul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshida irqchilik mojarosi yuzaga kelib, o‘yin 16-daqiqada to‘xtatildi. To‘rtinchi hakam Sebastyan Koltesku irqchilik ruhidagi so‘zni ishlatgach, turklar jamoasi maydonni tashlab ketdi.

 Versiyalardan biriga ko‘ra, Koltesku Veboni «qora» deb atagan, shundan keyin «Istanbul» forvardi Demba Ba referining oldiga chopib kelgan va keskin norozilik bildirgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, Koltesku Bani haqoratlagan va uni «qora yigit» deb atagan, Ba va Vebo uning bu harakatiga norozilik bildirishgan. Yakunda bosh hakam Ovidiu Xatsegan murabbiyga bahslashuv uchun qizil kartochka ko‘rsatgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid