Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada Saakashvili partiyasini saylovlarga qo‘ymaslikka qaror qilindi
Gruziyaning hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi sobiq prezident Mixail Saakashvilining partiyasini saylovlarda ishtirok etish imkonidan mahrum qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Hukmron partiya ijrochi kotibi Irakliy Kobaxidzening ta'kidlashicha, Saakashvili mamlakatdagi qutblanishning bosh manbasi hisoblanadi va mamlakat uchun muammolar tug‘dirmoqda. “Mixail Saakashvili konstitutsiyada saylovlarga qo‘yilgan ikkita talabga to‘g‘ri kelmaydi – u Gruziya fuqarosi hisoblanmaydi va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan”, deb eslatib o‘tgan Kobaxidze.
Shu sababli “Gruziya orzusi” tomonidan yetakchilari saylov qonunchiligiga muvofiq kelmaydigan partiyalarga saylovlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda.
“Bu o‘zgarishlar konstitutsiyaviy talablarning nafaqat tegishlicha bajarilishini ta'minlaydi, balki Gruziya demokratiyasining ravon rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi”, deb aytgan partiya kotibi.
Gruziyada 31 oktyabrda parlament saylovlarining 1-turi bo‘lib o‘tgandi. Unda “Gruziya orzusi” 48 foiz ovoz olgan. Tarkibiga Saakashvilining “Umumiy milliy harakat” partiyasi kiruvchi muxolifat bloki “Kuch birlikda” 27,12 foiz bilan 2-o‘rinni egallagan. 2-turda esa “Gruziya orzusi” vakillari barcha saylov uchastkalarida g‘alaba qozongan va ularning har biri 85 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025