Jahon | 19:22 / 10.12.2020
3180
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Google va Amazon yirik jarimaga tortildi

Google.fr va Amazon.fr saytlari foydalanuvchilarning kompyuterlariga avtomatik ravishda kuki fayllarini o‘rnatishda ayblanmoqda. Ushbu fayllarning aksariyati reklama maqsadlariga mo‘ljallangan.

Foto: AFP/Getty Images

Fransiyada Amerikaning Google va Amazon kompaniyalari foydalanuvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun jarimaga tortildi.

Google 100 mln, Amazon esa 35 mln yevro miqdorida jarima to‘laydi, deb xabar qildi Fransiya shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish muassasasi.

Muassasa Google.fr va Amazon.fr saytlarini foydalanuvchilarning kompyuterlariga avtomatik ravishda kuki fayllarini o‘rnatishda ayblamoqda. Ushbu fayllarning aksariyati reklama maqsadlariga mo‘ljallangan.

35 mln yevro miqdoridagi jarima Amazon Europe Core kompaniyasiga solingan. Google bilan bog‘liq holatda esa Google LLC kompaniyasi 60 mln, Google Ireland Ltd esa 40 mln yevro to‘laydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid