O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi muzokaralar natijasida 150 mln dollarlik qarz bitimlari imzolandi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov videokonferensiya shaklida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil Reno-Basso bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot davomida energetika, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, ekologiya va xususiy sektor sohalaridagi umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan qator loyihalar amalga oshirilishi batafsil ko‘rib chiqildi. Tomonlar mazkur loyihalar ijrosini jadallashtirish imkoniyatlari, shuningdek, pandemiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli mexanizmlari yuzasidan fikr almashdi.
Videokonferensiya davomida YeTTB bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan loyihalar bilan bog‘liq amaliy jihatlar va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Bank prezidentining fikricha, O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishda YeTTB uchun g‘oyat jozibador va istiqbolli yo‘nalish bo‘lgan xususiy sektordagi loyihalarni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muloqotda Odil Reno-Basso bank-moliya sektori va kapital bozorida islohotlarni jadallashtirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. YeTTB rahbariga ko‘ra, mukammal va raqobatdosh muhitni yaratish nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini faollashtirish, balki mahalliy korxonalar va aholini faol tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish imkonini beradi.
Muzokaralar yakunida «Hayot uchun muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektroenergetika sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun kredit» va «Surxondaryo viloyati Muzrobod tumanida «Oqtosh» va «Poshhurt» yer osti suvlari manbalaridan suv quvurini tortib kelish orqali suv ta'minotini yaxshilash uchun tarmoqlarni qurish va rekonstruksiya qilish» loyihalarini amalga oshirish doirasida umumiy qiymati 150 million dollarlik qarz bitimlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:40 / 15.10.2024
Dunyoning eng qashshoq mamlakatlari 2006 yildan beri eng yuqori qarzga ega
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
09:07 / 23.08.2024
Yerlarni qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish uchun qarzlar ajratiladi
08:40 / 02.08.2024