Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 5 velosipedchi yuk mashinasi ostida halok bo‘ldi
AQShning Las-Vegas shahri yaqinida yuk mashinasi haydovchisi 20 kishidan iborat velosipedchilar guruhini urib yubordi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi.
Nevada shtati yo‘l politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 erkak va bir ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Yana 4 velosipedchi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Bir kishi og‘ir ahvolda vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, velosipedchilar guruhiga hamrohlik qilgan mashina haydovchisi ham jarohat olgan. Yuk mashinasi haydovchisiga hech narsa qilmagan.
Yo‘l-transport hodisasiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026