Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Davlatimiz rahbari Ozarboyjon prezidentini Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yakunlangani bilan samimiy tabriklab, birodar mamlakatning do‘st xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik ta'minlanishiga umid bildirdilar.
Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Pandemiya bilan bog‘liq mushkul davrda mamlakatlarimiz bir-birini qo‘llab-quvvatlagani, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va strategik hamkorlikning navbatdagi namoyoni bo‘lgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika, turizm va boshqa sohalarda yetakchi korxonalarning kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhimligiga alohida to‘xtaldilar. Tomonlar hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadal davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Suhbat yakunida O‘zbekiston va Ozorboyjon prezidentlari global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olishgan, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishgan.
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi
11:53 / 14.05.2026