Koronavirusga qarşi Xitoy Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan işlab çiqilgan vaksinaning 3-bosqiç sinovlari Özbekistonda ham start oldi. Jami 5 ming nafar köngilli tanlab olingan.

10 dekabr kuni şu munosabat bilan rasmiylar iştirokida tadbir taşkil etildi. Tadbir yakunida innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov jurnalistlarga intervyu berdi.

Nima uçun aynan şu rekombinant vaksina tanlandi?

— Dunyoda hozir [COVID-19'ga qarşi ] 150dan ortiq vaksinalar mavjud bölsa, şundan 13 tasi klinik sinovlarning 3-fazasiga yetib keldi. Ular orasidan bu vaksinaning bizga ma'qul kelgan taraflari şundaki, avvalo virusning kiçkina bir bölagiga asoslangani, odam organizmiga virusning umuman boşqa bir qismlari kiritilmasligi va vaksina qilinganidan keyin kasallik çaqirmasligidir.

Buning xavfsizligi jihatidan bizda şunday işonç hosil böldiki, öldirilgan yoki genlarga, RNKga asoslangan boşqa vaksinalardan xavfsizlik darajasi yuqoriligi bizning e'tiborimizni tortdi.

Ikkinçisi, bu vaksinaning qöllanişi oson. 4 gradus temperaturada transportirovka qiliş va saqlaş judayam oson. Ayrim vaksinalar hatto minus 70 gradus temperatura talab qiladi.

«Bu – ilmiy tadqiqot. Tartibga amal qilişimiz lozim»

— Eng muhim jihatlardan biri – vaksinatsiyaning sinov jarayonlarini töliq xitoylik hamkorlarimiz bilan birgalikda ötkazamiz. Oçiğini tan olib aytamiz, bu jarayonlarni ham dunyo standartlari darajasida ötkazişni örganişimiz kerak.

Köngillilarni jalb qilişda tartibga rioya qiliş lozim. Sababi bu – ilmiy tadqiqot. Buni töğri tuşunişimiz kerak. Masalan, sinovlarda qatnaşgan odamlar tekşiruvga kelmay qolib, samaradorlikni ölçaş işlari çözilib ketişi kabi holatlar bölmasligi kerak.

Bir oy davomida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda vaksinatsiya jarayonini amalga oşiramiz. Bu böyiça şifokorlarimizga treninglar ötkazdik.

Ibrohim Abdurahmonov

«Sinovda öz oila a'zolarim ham qatnaşmoqda»