Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIQXMMIda KASKAD-2020 birinchi xalqaro konferensiyasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 10-11 dekabr kunlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarini rivojlantirish bo‘yicha qishloq xo‘jalik universitetlari konsorsiumi (KASKAD)ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.

Ushbu konsorsiumning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarida qishloq va suv xo‘jaligi OTMlarda tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda ilmiy asoslangan innovatsion g‘oya va ishlanmalarni yaratishdan iborat.
Konsorsium o‘z faoliyati davrida Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning 15 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarini o‘zida birlashtirib, fan-ta'lim-innovatsiyalar borasida universitetlararo integratsiyani o‘zida mujassamlashtirgan.

Bugun konsorsiumning 10 yilligiga bag‘ishlangan CASCADE 2020 - «Markaziy Osiyo va Kavkazda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish» birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bazasida o‘z ishini onlayn shaklda boshladi.
Anjumanning asosiy maqsadi O‘rta Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining qishloq xo‘jaligi sohasida ta'lim, ilmiy va innovatsion hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘lib, o‘zining 1000dan ortiq olimlarini birgalikda hamkorlik qilishlari uchun yangi muloqot platformasini tashkil etdi.

Mazkur anjumanga qiziqishlarni ortishi bilan tadbirning ochilishida 20 dan ortiq mamlakat (Armaniston, Avstriya, Ozarboyjon, Xitoy, Kosta-Rika, Gruziya, Gana, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Janubiy Koreya, Aqsh, Portugaliya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston)ning olimlari, professor o‘qituvchilari, doktorantlari ishtirok etishdi.

Jumladan, Niderlandiyaning Vageningen universiteti professori, Nobel mukofotining laureati Rik Leyemans global atrof-muhitni o‘zgarishi va ma'lumotlar bazasidan samarali foydalanish yo‘llari bo‘yicha qiziqarli ma'ruza qildi. Rik Leyemans IMAGE 2 modeli doirasida biosferani modellashtirish bo‘yicha yondashuvlarni ishlab chiqishga rahbarlik qilgan va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panel (IPCC) turli xalqaro ilmiy baholariga katta hissa qo‘shgan taniqli olimlardan biri hisoblanadi.

Ushbu birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda hamkor davlatlarning vazirlik va idoralari rahbarlari, Xalqaro hamkor uyushmalar (GCHERA, APLU-USA, ICA-EU, SAERIA-China CASCADE), xalqaro tashkilotlar (GIZ, FAO, ICARDA, CAREC, IFAS va boshqalar) hamda yetakchi universitetlarining rektorlari so‘zga chiqdilar, jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Qirg‘iziston Respublikasi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, Turkmen Xalq ta'limi vazirligining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, Qozog‘iston Respublikasi milliy agrar ilmiy-ma'rifiy markazi rahbarlari so‘zga chiqib, mintaqadagi sohaga oid dolzarb muammolar va ularning yechimini birlashgan olimlar kengashi orqali hal qilishga asosiy e'tibor qaratildi.


Anjumanning plenar yig‘ilishida konsorsiumning kollegial qarori bilan 10-yillik yubileyga bag‘ishlangan «Xalqaro mezonlar bo‘yicha yetakchi olim», «Hudud uchun katta hissa qo‘shgan yetakchi olim», «Eng faol pedagog», «Eng faol talaba» kabi nominatsiyalar tanlovining natijalari bo‘yicha munosib nomzodlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
TIQXMMI Matbuot xizmati
Mavzuga oid
15:31 / 24.06.2025
Milliy tadqiqot universitetida “Bitiruvchi - 2025” tadbiri o‘tkazildi
12:00 / 09.10.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yana bir nufuzli reytingda dunyoning TOP-1000 talik universitetlari safidan joy oldi
13:15 / 06.06.2024
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytingda 547-pog‘onani egalladi
14:00 / 25.10.2023