Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chekka qishloqlardagi 5 million nafarga yaqin aholi uchun lokal ichimlik suv ta'minoti tizimlari quriladi
Ayni paytda O‘zbekistonning chekka qishloqlarida 5 millionga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 35 foizi ichimlik suvi bilan tashib yetkazib berish orqali ta'minlanmoqda, 65 foizi esa ichimlik suvini muqobil manbalardan iste'mol qilmoqda.
2021 yildan boshlab qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida lokal ichimlik suv ta'minoti tizimlarini qurish loyihalari davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik har yili aholi soni jami 15 mingdan kam bo‘lmagan, markazlashgan ichimlik suvi ta'minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmalarini tanlov asosida beradi.
Tanlangan NNT vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan texnik topshiriqqa asosan loyihalashtirish, qurilish va qurilishi yakunlangan obektlarni ekspluatatsiya qilish jarayonlarini tashkil etadi.
Qishloq aholi punktini tanlab olish, qurilish-montaj ishlarini tashkil etish va kelgusida obektdan foydalanish kabi masalalar bevosita aholi bilan kelishilgan holda bajariladi.
Oktyabr-noyabr oylaridagi o‘rganishlarga ko‘ra, respublikadagi 114 ta shahar va tumanlar suv ta'minoti hamda sanitariya holatini yaxshilashga muhtoj 1 ming 273 ta qishloq aholi punktlari ro‘yxati shakllantirildi.
Mazkur qishloqlarda 5 millionga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 35 foizi ichimlik suvi bilan tashib yetkazib berish orqali ta'minlanmoqda, 65 foizi esa ichimlik suvini muqobil manbalardan (soy, “kachalka”) iste'mol qilmoqda.
Davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasidagi loyihalar 2021 yilda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, 2022 yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida amalga oshiriladi.
Xabarga ko‘ra, shu yil yakuniga qadar NNT uchun tanlovlar yakunlanadi. 2021 yildan boshlab loyihalar doirasida qurilish-montaj ishlari boshlanadi.
Mavzuga oid
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
18:00 / 19.01.2026
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
09:06 / 03.01.2026