«Taşqi reklama xarajatlari içki bozorga çiqarilgan maşinalar narxiga qöşib yuborilgan». «UzAuto Motors» işini apellyatsiya sudida köriş boşlandi
|05:17 / 12.12.202041 81013 min
«UzAuto Motors» işi yuzasidan qabul qilingan sud qarori ustidan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi şikoyatini Toşkent şahar ma'muriy sudida köriş boşlandi.
11 dekabr kuni Toşkent şahar ma'muriy sudi binosida Antimonopoliya qömitasining Toşkent şahar ma'muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi qabul qilgan hal qiluv qaroriga va unga asosan çiqarilgan xususiy ajrimiga nisbatan kiritgan şikoyatini apellyatsiya instansiyasida köriş boşlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sud mazkur masalani körib çiqişda tomonlarni tanib oliş, ularga huquq va majburiyatini tuşuntiriş kabi protsessual harakatlar tartibiga rioya qilgan holda jurnalistlarga alohida ogohlantiriş berdi. Unga köra, oçiq sud majlisida hozir bölgan OAV vakillari tasvirga olgan video va audioning heç bir soniyasini uzmay efirga uzatiş şarti bilan sudda audio-, video texnika vositalardan foydalanişi mumkin.
Sud tarixi
«UzAuto Motors» AJ sudga şikoyat arizasi bilan murojaat qilib, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Maxsus komissiyasining 2020 yil
19 avgustdagi 21/31-sonli qarorini haqiqiy emas, deb topişni söragan.
Toşkent şahar ma'muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan «UzAuto Motors» AJning şikoyat arizasi qanoatlantirilib, unga asosan xususiy ajrim çiqarilgan.
Apellyatsiya bosqiçi qanday boşlandi?
Dastlab, apellyatsiya şikoyatini kiritgan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi vakili Şerzod Şodmonqulov ariza böyiça vajlarini bildirdi.
«Qömita quyidagilarga asosan mazkur hal qiluv qarorini va xususiy ajrimni asossiz va noqonuniy tarzda qabul qilingan deb hisoblaydi.
Sudya Davlatov öz hal qiluv qarorida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi maxsus komissiyasi tomonidan «UzAuto Motors» AJga öz e'tirozlarini asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş uçun işni köriş keçiktirilgan bölsa-da, arizaçiga uşbu imkoniyatdan foydalaniş, ma'muriy hujjatni qabul qiliş uçun ahamiyatga ega bölgan barça holatlar yuzasidan öz fikrini bildiriş imkoniyatini bermasdan, 2020 yil 19 avgustda manfaatdor şaxsning iştirokisiz işni körib çiqib, şoşma-şoşarlik bilan qaror qabul qilinganligini qayd qilgan.
Mavzuga oid
Uşbu holatda, sud tomonidan iş uçun ahamiyatga ega bölgan holatlar töliq aniqlanmagan va qöllanilişi lozim bölgan qonun va boşqa qonun hujjatlari qöllanilmagan va notöğri talqin qilingan.
Birinçidan, sudya uşbu holatda iş uçun ahamiyatga ega bölgan quyidagi holatlarni töliq aniqlamagan va mavjud dalillarga baho bermagan:
Qömitaning 2020 yil 5 iyundagi xati bilan jamiyatda tekşiriş ötkazilişi haqida ogohlantirilib, tekşiriş jarayonida zarur material va hujjatlarni taqdim etiş söralgan;
tekşiriş jarayonida Qömita mutaxassislari tomonidan 2020 yil 8, 12, 16, 17, 19 va 24 iyundagi jamiyat rahbari Rajabov nomiga yozilgan bildirişnomalar bilan tekşiriş jarayonida zarur material va hujjatlarni taqdim etiş söralgan;
Qömitaning 2020 yil 27 iyuldagi xati bilan jamiyatga nisbatan tekşiriş natijalari böyiça iş qözğatilganligi va tekşiriş dalolatnomasida körsatib ötilgan holatlar böyiça mavjud e'tirozlarni tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etiş söralgan;
Qömitaning 2020 yil 3 avgustdagi xati bilan jamiyatga nisbatan qözğatilgan işni körib çiqiş keyinga keçiktirilganligi va tekşiriş dalolatnomasida körsatib ötilgan holatlar böyiça mavjud e'tirozlarni tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etiş söralgan;
Qömita maxsus komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi ajrimida jamiyat vakillari işga taalluqli bölgan barça hujjatlar bilan tanişib, e'tirozlari böyiça tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişi belgilangan va uşbu xatlar, bildirişnomalar va ajrimlar belgilangan tartibda jamiyatga yetkazilgan.
Biroq, jamiyatga nisbatan iş qözğatilgandan, ya'ni joriy yilning 27 iyulidan to 19 avgustiga qadar bölgan 24 kunlik vaqt davomida jamiyat tomonidan öz e'tirozlari bayon etilgan biror-bir ma'lumotlar va hujjatlar komissiyaga rasman taqdim etilmagan.
Uşbu holatlar, ya'ni komissiya tomonidan bir neça bor jamiyatga öz e'tirozlari bayon etilgan ma'lumotlar va hujjatlarni taqdim etiş imkoni berilganligi sudga qömita vakillari tomonidan ma'lum qilinsa ham, bu sudya tomonidan inobatga olinmagan. Öz navbatida, komissiya tomonidan bir neça bor jamiyatga öz e'tirozlari bayon etilgan ma'lumotlar va hujjatlarni taqdim etiş imkoni berilganligiga qaramasdan, jamiyat tomonidan nima sababdan 24 kunlik muddat davomida komissiyaga öz e'tirozlari bayon etilgan ma'lumotlar va hujjatlarni taqdim etmaganlik holatiga sudya tomonidan e'tibor berilmagan.
Ikkinçidan, Özbekiston Respublikasining «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi qonuni 49-moddasiga köra, agar ma'muriy organ majlisga kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoki ma'muriy işni körib çiqişni manfaatdor şaxs qasddan çözayapti deb hisoblaşga asoslar mavjud bölsa, ma'muriy organ ma'muriy işni tegişli tarzda xabardor qilingan manfaatdor şaxsning yöqligida körib çiqişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş va reklama töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun iş qözğatiş va ularni körib çiqiş tartibi töğrisidagi Nizomning 18-bandida işni körib çiqiş vakilning majlisda qatnaşa olmasligi sababli işni körib çiqiş keçiktirilişi töğrisida sub'yektning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan komissiya tomonidan keçiktirilişi mumkinligi belgilangan.
Komissiyaning 2020 yil 3 avgust kuni bölib ötgan majlisida jamiyat vakillari A.Saxapov, R.Şaymardanov, O‘.Kurbanov, A.Mavlyanov, N.Otaxonova, B.Abduxalilov va O.Abdullayeva iştirok etib, iş böyiça öz fikrlarini bildirib, iş böyiça asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş maqsadida işni keçiktirişni söraşgan.
Jamiyat vakillarining işni keçiktiriş töğrisidagi fikrlarini inobatga olib, komissiya tomonidan 2020 yil 3 avgustda işni körib çiqişni keçiktiriş töğrisida ajrim çiqarilib, jamiyat vakillari işga taalluqli bölgan barça hujjatlar bilan tanişib, e'tirozlari böyiça tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişi ta'kidlangan.
Şuningdek, komissiyaning 2020 yil 7 avgustdagi ajrimida jamiyat vakillari işga taalluqli bölgan barça hujjatlar bilan tanişib, e'tirozlari böyiça tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişi söralgan. Biroq, jamiyat vakillari tomonidan iş böyiça öz e'tirozlarini asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş maqsadida işni keçiktiriş söralgan bölsa-da, komissiya yakuniy qarori qabul qilinguniga qadar e'tirozlarni tasdiqlovçi biror-bir hujjat rasman taqdim etilmagan. Qolaversa, sud jarayonida ham jamiyat tomonidan komissiya qaroriga ta'sir körsatişi mumkin bölgan biror-bir iş uçun ahamiyatli bölgan dalil taqdim etilmadi.
Şuningdek, komissiyaning 2020 yil 3 va 7 avgustdagi ajrimlarida jamiyat rahbari va uning vakillari uzrli sabablarsiz kelmasliklari yoki işni körib çiqişni boşqa kunga qoldiriş töğrisidagi asoslantirilgan iltimosnoma berilmaganligi işni ularning iştirokisiz körilişi va tegişli qaror qabul qilinişi uçun asos bölişi ta'kidlangan.
Jamiyat tomonidan 2020 yil 19 avgustdagi davlat rahbarining «Özavtosanoat» AJga tegişli obektlariga taşrifiga işni körişda iştirok etayotgan jamiyat vakillari jalb etilganligi sababli işni körib çiqişni keçiktiriş töğrisida iltimosnoma kiritilgan.
Komissiya tomonidan jamiyat vakillari dastlab iş böyiça asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş maqsadida işni keçiktiriş söralib, lekin komissiyaning 2020 yil 19 avgustdagi majlisiga qadar iş böyiça öz e'tirozlarini asoslovçi hujjatlarni taqdim etmaganligi, taşrifga işni körişda iştirok etayotgan jamiyat vakillari jalb etilganligini asoslovçi hujjat va dalillar taqdim etilmaganligi, şuningdek, jamiyat rahbari va uning vakillari uzrli sabablarsiz kelmasliklari yoki işni körib çiqişni boşqa kunga qoldiriş töğrisidagi asoslantirilgan iltimosnoma berilmaganligi işni ularning iştirokisiz körilişi va tegişli qaror qabul qiliş uçun asos bölişi haqida ogohlantirilganligini inobatga olib, mazkur majlisga jamiyat vakillarining kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topib, işning körib çiqilişi jamiyat tomonidan qasddan çözilayapti deb hisoblab, jamiyat vakillarining iştirokisiz iş körib çiqilgan.
Şuningdek, komissiya tomonidan işning körib çiqilişi jamiyat tomonidan qasddan çözilayapti deb hisoblanişining asosiy sabablaridan yana biri, jamiyat tomonidan oldin berilgan ayrim ma'lumotlar işni körib çiqiş davomida asossiz özgartirib berilişi hamda ma'lum bir ma'lumot yuzasidan turli vaqtda turliça tuşuntirişlar berilganligidir.
Masalan, tekşiriş jarayonida narxlar yoyilmasidagi «reklama va boşqa xarajatlar» satri böyiça faqat içki va taşqi bozordagi reklama xarajatlari böyiça ma'lumotlar taqdim etilgan. Qömita vakillari tomonidan taşqi reklama xarajatlari içki bozor uçun işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar narxiga olib borilişi notöğri ekanligi tuşuntirilgan.
Şundan söng, jamiyat tomonidan qömita vakillari «reklama va boşqa xarajatlar» satri böyiça boşqa xarajatlar yoyilmasi özgartirilib, tayyor mahsulotni taşiş uçun zarur bölgan texnikalar (avtomobil taşuvçilar)ning yoqilği, ehtiyot qism va suğurta xarajatlari, haydovçilarning iş haqi xarajatlari, «treyd-in» xizmati hamda bino va inşootlarni ijara xarajatlaridan iborat ekanligi töğrisida ma'lumotlar taqdim etilgan.
Biroq, qömita vakillari tomonidan tayyor mahsulotni taşiş uçun zarur bölgan texnikalar (avtomobil taşuvçilar)ning yoqilği, ehtiyot qism va suğurta xarajatlari, haydovçilarning iş haqi xarajatlari narxlar yoyilmasidagi «Tayyor mahsulotni taşiş xizmatlari» satriga kiritilganligi sababli, uşbu xarajatlar asossiz takroran kiritilganligi tuşuntirilgan hamda asossiz xarajat sifatida inobatga olingan. Şu bilan birga, uçinçi marotaba jamiyat vakillari sudga taqdim etgan hujjatlarida narxlar yoyilmasidagi «reklama va boşqa xarajatlar» satri böyiça faqat reklama, «treyd-in» xizmati hamda bino va inşootlar ijara xarajatlaridan taşkil topganligi töğrisida ma'lumot kiritildi hamda qömita vakillari tomonidan jamiyat sudga bila turib notöğri ma'lumot kiritayotganligi isbotlab berildi.
Ta'kidlaş joizki, işni körib çiqiş jarayonida raqamlar bilan boğliq hisob-kitoblar köpligini inobatga olib, taraflarning mutaxassislari özaro kelişuvi mavjud bölmagan masalalarni işçi tartibda birgalikda yana bir bor körib çiqişi va muhokama qilişi qömita tomonidan ham jamiyat tomonidan ham ma'qullangan. Şu asosda işçi tartibda ikki tomon mutaxassislari bir neça (ön martadan ortiq) muhokamalar ötkazgan, zarur bölgan hollarda tegişli tuzatişlar kiritilgan. Bu holat komissiyaning dastlabki va oxirgi majlis bayonlarida hisob-kitoblardagi farqlar bilan ham öz isbotini topadi.
Masalaning e'tiborli jihati, sudya tomonlar işçi tartibda muhokamalar ötkazganligi va barça bildirilgan asosli e'tirozlarning komissiya tomonidan körib çiqilib, inobatga olinganligi holati e'tiborga olinmasdan, jamiyatga öz fikrini bildiriş imkoni berilmagan deb hisoblangan. Lekin, jamiyat komissiyaning barça ajrimlari va xatlar orqali tegişli ma'lumotlarni berişi kerakligi töğrisida ogohlantirganligi, şunday bölsa-da jamiyat tomonidan rasman murojaat etilmaganligi va öz fikrini bildiriş huquqidan foydalanişni lozim topmaganligiga huquqiy jihatdan töğri baho berilmagan.
Şu örinda aytiş joizki, amaldagi qonunçilikda dalillar faqat komissiya yiğilişida taqdim etilişi lozimligi yoki komissiya faqat yiğiliş jarayonida taqdim etilgan dalillarga asoslanişi lozimligi haqidagi norma mavjud emas.
Bundan taşqari, sud tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 15-bandiga asosan qonun hujjatlari buzilişi töğrisidagi iş ariza tuşgan yoki nazorat funksiyalari va örganişlar amalga oşirilişi natijalariga köra iş qözğatilgan paytdan boşlab bir oy muddatda körib çiqilişi, istisno hollarda körsatilgan muddat uzaytirilişi, biroq bir oydan ortiq bölmagan muddatga uzaytirilişi mumkinligi qayd etilganligini keltirgan. Aytiş joizki, muddatni uzaytiriş masalasi bu komissiyaning huquqi bölib, majburiyati hisoblanmaydi. Biroq, sudya yuqoridagi yozma dalillar va mavjud holatlarga baho bermasdan, iş uçun ahamiyatga ega bölgan holatlarni töliq aniqlamasdan va qöllanilişi lozim bölgan Özbekiston Respublikasi «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi Qonunining 49-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 18-bandini qöllamasdan, uşbu Nizomning 15-bandini notöğri talqin qilib, jamiyatga öz e'tirozlarini asoslovçi hujjatlarni taqdim etiş va ma'muriy hujjatni qabul qiliş uçun ahamiyatga ega bölgan barça holatlar yuzasidan öz fikrini bildiriş imkoniyati berilganligi, jamiyat tomonidan komissiyada işni körib çiqişda bir-birini inkor etuvçi ma'lumotlar, asossiz vajlar va fikrlar keltirilganligiga va bu bilan işni qasddan çözişga bölgan harakatlari mavjudligiga baho bermasdan asossiz va noqonuniy xulosaga kelib, hal qiluv qarorini notöğri qabul qilgan», — dedi Şodmonqulov.
Sudga raislik qiluvçi işni körib çiqiş 18 dekabrda davom etişini bildirib, tanaffus e'lon qildi. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi vakilining barça vajlari bilan sud zalidan tayyorlangan reportaj orqali tanişib çiqişingiz mumkin.