Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston YHXBB tuman tushishi tufayli haydovchilarni ogohlantirdi
O‘zbekiston YHXBB mamlakat bo‘ylab tuman tushishi mumkinligini ma'lum qildi.
Shu sabab boshqarma haydovchilardan tuman sharoitida transport vositasi tezligini 10–20 kilometr/soatgacha kamaytirish, avtomobil chiroqlariga o‘zgartirish kiritmaslik va quvib o‘tish qoidalariga qat'iy amal qilishlarini, yo‘lovchilarni olishda va yo‘l chetidagi piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini hamda harakat vaqtida boshqa transport vositalari bilan oraliq masofa saqlashlarini so‘ragan.
Shuningdek, qalin tuman tushganda, avtomobillar orasidagi masofa katta bo‘lishi lozimligi eslatib o‘tilgan.
«Yo‘nalishni o‘zgartirganda yana ham ehtiyot bo‘lish talab etiladi, chunki siz burilmoqchi bo‘lgan yo‘lda piyodalar yoki boshqa transport vositalari bo‘lishi mumkin», – deyiladi YHXBB xabarida.
Boshqarma tomonidan tuman tarqalishini xavfsiz joyda kutib turish maslahat berilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.02.2026
Navoiy ko‘chasida avtobus va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026